YPXdan qochgan "Damas" haydovchisi 15 sutkaga qamaldi

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik zakrivayet dver sledstvennogo izolyatora
Sotrudnik zakrivayet dver sledstvennogo izolyatora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent ko‘chalarida YPX inspektoriga tutqich bermagan va undan qochib "mashhur" bo‘lgan haydovchi qilmishiga yarasha jazo oldi.

TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Toshkent ko‘chalarida YPX xodimidan qochib "mashhur" bo‘lgan “Damas” haydovchisiga ma’muriy jazo tayinlandi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, qoidabuzar 30 yoshli Sanjar K. ekanligi aniqlangan. U mashinani tegishli hujjatlarsiz boshqargan.

Tashkentskiy forsaj: Damasu udalos skritsya ot mashini DPS - video - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentcha forsaj: “Damas” haydovchisi YPX inspektoriga tutqich bermadi – video

30 iyul kuni Olmazor tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi ushbu ish bo‘yicha to‘plangan materiallarni o‘rganib chiqib, Sanjar K.ni O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan (194, 128.5, 183-moddalar) huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topdi.

U 15 sutka ma’muriy qamoq va EKIHning 11 barobari (2,2 million so‘m) miqdorida jarima bilan jazolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent ko‘chalarida YPX xodimidan qochib "mashhur" bo‘lgan haydovchi o‘z oyog‘i bilan kelib uzr so‘ragani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0