Toshkentcha forsaj: “Damas” haydovchisi YPX inspektoriga tutqich bermadi – video

© OdnoklassnikiTashkentskiy forsaj: "Damasu" udalos skritsya ot mashini DPS - video
Tashkentskiy forsaj: Damasu udalos skritsya ot mashini DPS - video - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Damas” haydovchisi YPX inspektorining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmadi. Ichki ishlar organlari xodimi tegishli tartibda qoidabuzarni ta’qib qila boshladi.

TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri ko‘chalarida YPX inspektori “Damas” haydovchisining ortidan quvgani tasvirlangan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur hodisaning tafsilotlarini ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 28-iyul kuni Olmazor tumanida ro‘y bergan. “Damas” haydovchisi Sag‘bon ko‘chasida qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanayotgan vaqtda YPX inspektorining to‘xtash haqidagi ishorasiga bo‘ysunmagan.

Shundan so‘ng ichki ishlar organlari xodimi tegishli tartibda qoidabuzarni ta’qib qilishni boshlagan. Biroq bir oz vaqt o‘tib boshqa fuqarolar hayoti uchun xavf tug‘dirmaslik maqsadida ta’qib qilish to‘xtatilgan.

Ammo qoidabuzar haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzib, boshqa insonlarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda Kichik xalqa avtomobil yo‘li va Sag‘bon ko‘chalari chorrahasida yashiringan.  

Ta’kidlanishicha, “Damas” avtomobili (davlat raqami 01 A 063 SA) N.F. nomiga rasmiylashtirilgan, boshqaruv uchun ishonchnoma esa to‘rt nafar fuqarolarga berilgan.

Hozirgi vaqtda “Damas”ni kim boshqarganligiga aniqlik kiritilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0