TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Tataristondagi terror hujumining oldini oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Mazkur operatsiya IIV bilan birgalikda o‘tkazildi. IShID terrorchilik tashkilotining ikki nafar a’zosi qo‘lga olindi. Ular odamlarni terrorchilik tuzilmalariga yollash va terrorizmni targ‘ib qilishda gumonlanmoqda.
Aniqlik kiritilishicha, qo‘lga olinganlar - Rossiya fuqarolari. Biroq tergov siri sababli ularning ismlari oshkor qilinmagan.
Tintuv vaqtida portlovchi moddalar va qo‘lbola portlovchi moslamalarning tarkibiy qismlarini musodara qilingan.
Kuni kecha Rossiya bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Buksman 2019-yilning birinchi yarmida mamlakat hududida 17 ta terror hujumining oldi olinganini ma’lum qilgan edi.