Putin: terrorchilarning Rossiyaga kirishga urinishlarini keskin to‘xtatish lozim

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF
Prezident RF V. Putin provel soveshanie s chlenami pravitelstva RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin FXX chegara xizmati xodimlari va faxriylarini kasb bayrami bilan tabrikladi.

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin FXX chegara xizmati xodimlari va faxriylarini kasb bayrami munosabati bilan tabrikladi.

“Rossiya chegaralari - dunyodagi eng uzun. Sizning vazifangiz – ularni har jihatdan ishonchli qo‘riqlash”, - dedi Putin "Rossiya 24" telekanali orqali efirga uzatilgan videomurojaatida.

Boyeviki  - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on-tojik chegarasi yaqinida 10 mingga yaqin jangari to‘plangan – Rossiya TIV

Putin o‘z videomurojaatida chegara xizmati xalqaro terrorchilarning Rossiyaga kirishga urinishlarini keskin to‘xtatishi, noqonuniy migratsiya kanallarini aniqlashi va barham berishi kerakligini ham alohida ta’kidladi.

Shuningdek, u chegarani himoya qilish samaradorligi oshirish uchun yangi avlod texnikalarini o‘zlashtirish muhimligini qayd etdi.

Rossiya chegarachilar kuni seshanba kuni nishonlanmoqda.

Ilgariroq Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov Dushanbeda MDH xavfsizlik xizmati rahbarlari Kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida terrorchilar kuchining o‘sishi Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning jiddiylashishiga olib kelishi mumkinligi qayd etgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, narkotik moddalar, qurol-yarog‘ transchegaraviy oqimi va noqununiy migratsiya oshmoqda, jinoiy faoliyatdan olishgan daromadlar terrorchilarni moddiy ta’minlash va jangovar imkoniyatlarini yanada kengaytirishga sarflanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0