O‘zbekiston oq oltin o‘rniga sariq oltin eksportiga o‘tdi

© Podrobno.uzZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir vaqtlar O‘zbekiston eksportida eng katta ulush oq oltinga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugun eng katta ulush – oddiy oltinga to‘g‘ri kelmoqda.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. So‘nggi yarim yillikda O‘zbekiston oltin eksporti hajmini keskin oshirdi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasining hisobotida xabar qilingan.

2019 yilning birinchi yarmida eksport miqdori $ 8,4 milliardni tashkil qildi. O‘sish sur’ati - + 27 %. Shundan  $2 milliardi – oltin eksportiga to‘g‘ri keldi. Paxta eksporti esa - bor yo‘g‘i $222 millionni tashkil qildi.   

Bir vaqtlar O‘zbekiston katta hajmda  “oq oltin” eksport qilgan bo‘lsa, endi katta hajmda oddiy oltin eksport qilmoqda. “Oq oltin”ning asosiy qismi esa – Respublika ichida qayta ishlanib tayyor mahsulot sifatida sotilmoqda. 2019-yilning birinchi yarmida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi $ 770 millionni tashkil qildi.

Ekonomicheskiy ekspert Anton Shabanov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston nega bu qadar ko‘p oltin sotmoqda - iqtisodchi fikri

Shuningdek, eksport tarkibida xizmatlar (turizm va transport) - $ 1,5 mlrd, energiya manbaalri -  $ 1,4 mlrd, oziq-ovqat mahsulotlari – salkam $ 800 millionni tashkil qildi.  

Eksport geografiyasiga kelsak, eng ko‘p oziq-ovqatlar – Qozog‘iston (13 %), Qirg‘iziston (10%) Rossiya (6%), Pokiston (5%) va Afg‘onistonga (4%) yuborilgan.

To‘qimachilik mahsulotlarining asosiy eksport bozori – Rossiya  $ 300mln, Xitoy – $ 211 mln, Turkiya  $ 80 mln., Qirg‘iziston – $ 43 mln.

Import tarkibi

Birinchi yarim yillikda import hajmi $ 11,2 mlrd.ni  tashkil qildi, o‘sish sur’ati - 32 %. Importning asosiy tarkibi jevachka va snikers emas, balki mashina, aspob-uskunalar va ularning qismlari bo‘ldi - 44 %, kimyo sanoati mahsulotlari – 13 % va oziq-ovqat mahsulotlari – 8 %ni tashkil qildi.

Saxarniy pesok - Sputnik O‘zbekiston
Eksportni oshirish uchun aqlli import qilish kerak - ekspert

Import qilingan oziq-ovqat mahsulotlari orasida eng katta ulush bug‘doy va unga tegishli bo‘ldi – $ 229 mln. Shuningdek shakar xom ashyosi – $ 82 mln, tayyor hayvon yemi – $ 70 mln, choy - $ 23 mln va kartoshka - $ 13 mln.

Kimyo mahsulotlari orasida eng katta ulush – farmatsevtika mahsulotlari ($ 487 mln), plastmassa buyumlarga  ($ 365 mln )  to‘g‘ri keldi.

Mashina va aspob uskunalarning asosiy qismi – avtomobil ehtiyot qismlariga to‘g‘ri keldi – $ 424 mln. Shuningdek konditsioner, sovutgich va muzlatgichlar – $ 304 mln., To‘qimachilik tolasini qayt ishlovchi uskunalar –  $ 262 mln., vertolotlar –  $ 262,5 mln, yuk va maxsus avtomobillar –  $ 239 mln., dollarni tashkil qildi.

Yangiliklar lentasi
0