TOShKENT, 31-iyul – Sputnik. “Mening fikrim” murojaatlar portalida bozorlarda ichimlik suvi ichishga mo‘ljallangan bepul maxsus joylarni barpo etish to‘g‘risida petitsiya joylashtirildi.
Petitsiyada bozorlarda ichimlik suvi ichish uchun bepul maxsus joylarni barpo etishni so‘ralgan.
“Bu albatta, xaridorlar va sotuvchilar uchun qulaylik yaratadi. Kimnidir do‘kondan suv sotib olishga puli bo‘lmasligi yoki kimgadur qadoqlangan suv yoqmasligi mumkin. Har kim uchun tanlash xuquqini yaratishimiz kerak. Suvsiz hayot yo‘qligini, ayniqsa, yoz mavsumidagi issiq kunlarda ko‘proq seziladi. Bunday joylarni suvni isrof qilmaydigan texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish kerak va nazoratini bozor ma’muriyati amalga oshirishi lozim bo‘ladi”, - deb yozgan muallif.