Mahallalarda radiouzellar tashkil qilish taklif etildi

Obuna bo‘lish
“Radiouzel orqali hech bo‘lmaganda haftada 2-3 marotaba (har kuni bir marotaba bo‘lsa ham) bir xil vaqtda mahalladagi yangilik va e’lonlarni berib borish, har bir xonadonga o‘rnatilgan radiopriyomnik orqali mahalliy yangiliklardan xabardor bo‘lish barcha uchun foydali bo‘ladi”, - deyilgan murojaatda.

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. “Mening fikrim” murojaatlar portalida mahallalarda radiouzellar tashkil qilish to‘g‘risida petitsiya joylashtirildi.

Peshexodniy perexod vozle xokimiata Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Piyodalar o‘tish joylariga kuzatuv kameralarini o‘rnatish taklif etildi

Murojaat muallifi fikriga ko‘ra, hozirgi shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda televidenie yoki internet orqali bizdan uzoqda bo‘lgan davlatlarda qanday voqea va hodisalar yuz berayotgani haqida tezkor xabardor bo‘lishning imkoni bor, lekin o‘zimiz yashab turgan mahallada qanday yangiliklar bo‘layotganini o‘z vaqtida bilishning imkoni yo‘q.

"Avvallari, tuman markazidagi radiouzeldan kunda bir bor yangiliklar berib borilar edi. Mahalliy hokimiyat organlarining murojaati bo‘lsa, har bir xonadonga o‘rnatilgan radio orqali darrov eshitishning imkoniyati bor edi.

Hozirgi vaqtda mahallalarda to‘y-xashamlar va turli marosimlarni tartibga solish uchun fuqarolar bilan maslahatlashishda mahalla raislarining aholi bilan ochiq muloqoti uchun yetarli sharoit yo‘q. Buning uchun aloqa vositasining o‘zi yo‘q. Har doim ham hammani yig‘ib gaplashish uchun imkoniyat va shart-sharoitlar bo‘lavermaydi”, - deyilgan petitsiyada.

Petitsiyada ushbu muammoni hal qilish uchun har bir mahallada alohida radiouzel tashkil qilish taklif etilgan.

“O‘sha radiouzel orqali hech bo‘lmaganda haftada 2-3 marotaba (har kuni bir marotaba bo‘lsa ham) bir xil vaqtda mahalladagi yangilik va e’lonlarni berib borish, har bir xonadonga o‘rnatilgan radiopriyomnik orqali mahalliy yangiliklardan xabardor bo‘lish barcha uchun foydali bo‘ladi. Bu o‘z navbatida mahalla va fuqarolar o‘rtasida yanada yaqin aloqa bo‘lishiga xizmat qiladi. Fuqarolar ham yangiliklardan o‘z vaqtida xabar topishadi”, - deyilgan murojaatda.

Yangiliklar lentasi
0