O‘zbekistonda ilk bor "zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" aksiyasiga start berildi

CC0 / pixabay / Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoe foto
Devushka podvergayetsya nasiliyu. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
25 noyabr dunyoning ko‘plab davlatlarida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni sifatida nishonlanadi. Aksiya o‘tkaziladigan davlatlarda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik masalalariga e’tiborni jalb qilish bo‘yicha faol 16 kunga start beriladi. O‘zbekistonda ham ilk bor bu tadbir o‘tkazildi

TOShKENT, 26 noya - Sputnik. Butun O‘zbekiston bo‘ylab ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha "Zo‘ravonlikka qarshi 16 faol kun" kampaniyasi start oldi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPrezentatsiya aksii, posvashennoy zashite ot nasiliya v otnoshenii jenshin
O‘zbekistonda ilk bor zo‘ravonlikka qarshi 16 kun aksiyasiga start berildi - Sputnik O‘zbekiston
Prezentatsiya aksii, posvashennoy zashite ot nasiliya v otnoshenii jenshin

25 noyabr dunyoning ko‘plab davlatlarida ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni sifatida nishonlanadi. Bunda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tashkil etilgan ushbu aksiya o‘tkaziladigan davlatlarda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik masalalariga e’tiborni jalb qilish bo‘yicha faol 16 kunga start beriladi. O‘zbekistonda ham ilk bor bu tadbir o‘tkazildi.

Ushbu kampaniya ayollarga nisbatan zo‘ravonlik inson huquqlariga zid harakat ekanini ifodalovchi fikr bilan ramziy bog‘langan ikki voqea 25-noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish kunida boshlanib, 10-dekabr – Xalqaro inson huquqlari kunida yakuniga yetadi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva aksiya munosabati bilan tashkil etilgan doira suhbati davomida, bugungi kunda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik mavzusi katta e’tibor talab etishini ma’lum qildi.

«Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiy etishi va globalizatsiya tufayli bugungi kunda zo‘ravonlikning yangi turi- sizu-biz guvohi bo‘lib kelayotgan virtual zo‘ravonlik paydo bo‘ldi. Internet tarmoqlarida haqorat va shilqimlik qilish holatlari keng tarqalmoqda. Bunda ayollar bu haqoratlar va shilqimliklar markazida qolmoqda", - dedi Norboyeva.

O‘zbekiston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi rahbari Islomiddin Xoliqov doira suhbati davomida Ichki ishlar organlari prezident topshirig‘i bilan maishiy zo‘ravonlik holatlari ko‘p kuzatiladigan nosog‘lom oilalar bilan ishlar olib borayotganini ma’lum qildi.

Xoliqovning aytishicha, respublikada sodir etilayotgan eng og‘ir turdagi jinoyatlarning 40%ga yaqini oilaviy-maishiy xarakterga ega. Misol uchun, qayd etilgan 369 jinoyatning 144tasi oila davrasida sodir etilgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi noyabr oyi o‘rtasidan "Turmush oyligi"ni e’lon qilgan. Aksiya 15-dekabrga qadar davom etadi. Bu vaqt oralig‘ida ichki ishlar organlari har kuni o‘z tahlillarini olib boradilar.

Zo‘ravonlik muammosini oldini olish: ayollar uchun “ishonch telefoni” ishga tushirildi

"Aksiyaning birinchi o‘n kunida shu holat aniqlandiki, sodir etilgan 10ta qotillikning 4tasiga oila davrasida qo‘l urilgan. 25ta o‘ta og‘ir turdagi tan jarohatining 5tasi ham oila davrasida yetkazilgan. Bu raqamlar biz oilalar bilan yanada yaqindan ish olib borishimiz kerakligini ko‘rsatmoqda. Bu borada ishlarimizni tizimli ravishda amalga oshirishimiz zarur", - dedi Xalikov.

IIV vakili shuningdek, tuzilma oldiga maishiy zo‘ravonlik qurbonlari yagona bazasini yaratish topshirig‘i qo‘yilgani haqida aytib o‘tdi.

"Hozirda maishiy zo‘ravonlik haqida qonun qabul qilinishini kutmoqdamiz. Nega deganda, maishiy zo‘ravonlik tushunchasiga nimalar kirishini bilmay turib, uning qurbonlarini aniqlashning iloji yo‘q", - dedi Xalikov.

Yangiliklar lentasi
0