Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi qurolli mojaro oqibatida o‘qituvchi halok bo‘ldi

© Foto / press-slujba GPS KRPogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi
Pogranichniki na kirgizsko-tadjikskom uchastke gosudarstvennoy granisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan navbatdagi mojaro sababli mahalliy o‘qituvchi halok bo‘ldi, 16 kishi esa jabrlandi.

TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi qurolli to‘qnashuv oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Isfara  tumani hukumati ma’lumotiga asoslanib xabar qilmoqda.

Shuningdek, 16 kishi jabrlangani, politsiya xodimi esa og‘ir yaralangani xabar qilingan.

“Jaloliddin Qorayev – ko‘ziga o‘q tegib, yarador bo‘lgan mazkur qishloqdagi mahalliy o‘qituvchi voqea joyida halok bo‘lgan”, - deyiladi xabarda.

Na tadjiksko-afganskoy granitse v rayone Pandjskogo pogranotrada - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi vaziyat barqarorlashdi

Tojikiston va Qirg‘iziston aholisi o‘rtasida navbatdagi nizo 22-iyul, dushanba kuni Moskva vaqti bilan soat 14:00da yuzaga kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurolli to‘qnashuvga Tojikistonning Vorux qishlog‘i aholisi tomonidan qishloqqa kiraverishda flagshtok o‘rnatilgani sabab bo‘lgan. Qirg‘izistonning Oqsoy qishlog‘i aholisi bu tashabbusga qarshi chiqqan.

Yaqin kunlarda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iziston prezidenti Soronbay Jeenbekovlarning uchrashuvi bo‘lib o‘tishi kerak. Uchrashuvda tojik-qirg‘iz chegaralarini demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin ham qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi demarkatsiya qilinmagan uchastkalarida to‘qnashuvlar sodir bo‘lib turgan. Xususan, 13-mart kuni Kojogarda Qirg‘izistonning Batken tumani Oqsoy qishlog‘i aholisi va Tojikistonning Mehnatobod aholisi o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Oqsoy-Tamdik yo‘li qurilishi mojaroga sabab bo‘lgan. Tojikistonliklar Qirg‘iziston texnikasi yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Ishchilarga Qirg‘iziston qishloqlari aholisi yordam keladi. Oqibatda Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolarining 200 yaqini nafari bir-birlarini toshbo‘ron qilishadi. Bir Qirg‘iziston fuqarosi jarohat olib, kasalxonaga yotqiziladi.

Pogranichnik Kirgistana - Sputnik O‘zbekiston
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi janjalda bir kishi halok bo‘ldi

22 may kuni Qirg‘iziston Batkent viloyati Qora-Bak qishlog‘idagi Eski Mozor hududida kelishmovchilik yuz bergandi. Qirg‘izistonliklar vafot etgan fuqaroni daft etish uchun ushbu hududda joylashgan qabristonga o‘tishgan. Qabristonda tojik chegarachilari paydo bo‘lganda janjal yuz beradi. Qirg‘izistonliklar tojik chegarachilari qabriston hududidan ketishini talab qiladi. Shunda, chegarachilar osmonga qarata ogohlantish o‘qini uzadi.

18 iyun kuni qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi demarkatsiya qilinmagan uchastkada Batkent tumanining Tosh-Tushmuk aholi punktida navbatdagi nizo sodir bo‘ldi. Tojikiston tomoni Isfara-Oksoy-Vorux umumiy foydalanishdagi avto yo‘l qismida Qirg‘iziston bilan kelishilmagan holda asfalt qilish ishlarini boshlagan. Tojikiston fuqarolari soat 20:00da avtoyo‘lni bir yarim soatga to‘sib qo‘yishdi. Tojikistonliklar qirg‘iz chegara naradining ta’mirlash ishlarini bajarishni to‘xtatish haqidagi talabini e’tiborsiz qoldirdi. Buning oqibatida kichik kelishmovchilik yuz berdi.  

Yangiliklar lentasi
0