TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Seshanba kuni Londonda Dubay hukmdori Muhammad bin Rashid al-Maqtum va uning qochib ketgan rafiqasi Xaya bint Al-Husayn ishi bo‘yicha sud eshituvi boshlandi, deb xabar qilmoqda Telegraph nashri.
Ilgariroq, shayx ajrimga erishish va ikki farzandni o‘zida olib qolish huquqini qo‘lga kiritish uchun sudga da’vo arizasi kiritgani haqida xabar berilgan edi.
Sud eshituvi Londond Oliy sudining oila masalalari bo‘yicha palatasiga bo‘lib o‘tmoqda. Malika sud eshituviga shaxsan kelgan, deya yozgan nashr.
Reyter agentligi ma’lumotiga ko‘ra, malika bolalar ustidan vasiylik huquqini o‘zida qoldirish uchun kurashmoqda. Bundan tashqari, u ingliz sudlarining biriga ushbu nikohni majburiy deb topish va tahdidlar va xiraliklardan himoya orderini berish talabnomasini kiritgan.
Britaniyaning Sun tabloidi ilgariroq shayxning xotini 11 yashar qizi va yetti yashar o‘g‘lini olib, 31 million funt (39 million dollarga yaqin" pul bilan mamlakatdan qochgani haqida xabar bergan edi. Sun nashrining yozishicha, malika avvaliga Germaniyaga borgan va boshpana so‘rab, ajrashish uchun hujjatlarni topshirgan. Biroq Germaniya TIV bu ma’lumotlarni tasdiqlamadi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, deb yozadi nashr, BAA bosh vaziri Berlin hukumatiga uning xotini va rafiqasini chiqarib berish talabi bilan murojaat qilgan, biroq rad javobini olgan.