Dubay amirining rafiqasi yirik miqdordagi pul bilan Germaniyaga qochib ketdi - OAV

© Twitter / HH Sheikh MohammedMaxina Ganiyeva i premyer-ministr OAE, emir Dubaya Moxammed ibn Rashid Al Maktum
Maxina Ganiyeva i premyer-ministr OAE, emir Dubaya Moxammed ibn Rashid Al Maktum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vazir Germaniya hukumatiga unga rafiqasi va bolalarini topshirish talabi bilan murojaat etgan, ammo rad javobini olgan.

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Britaniyaning Sun tabloidi BAA bosh vazirining rafiqasi, Dubay Amirligi hukmdori shayx Muhammad bin Rashid al Maktumning rafiqasi mamlakatdan yirik miqdordagi pul bilan qochgani haqida xabar berdi.

Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston
Dubay hukumati 2021-yildan qog‘oz hujjatlardan to‘liq voz kechadi

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, malika Xayya bin al-Husayn fevral oyidan buyon ommaga ko‘rinish bermagan. Xabarda aytilishicha, u 11 yashar qizi va yetti yashar o‘g‘li bilan Germaniyaga qochgan va u yerdan boshpana so‘ragan, so‘ngra ajrashish uchun ariza bergan.

Malika o‘zi bilan 31 million funt sterling (39 million dollarga yaqin) pulni olib ketganligi xabar qilinmoqda.

Ushbu qochish BAA va Germaniya o‘rtasida diplomatik inqirozni keltirib chiqardi, deb ta’kidlamoqda Sun nashri.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bosh vazir Germaniya hukumatiga unga rafiqasi va bolalarini topshirish talabi bilan murojaat etgan, ammo rad javobini olgan.

Ilgariroq Human Rights Watch huquqni muhofaza qilish tashkiloti BAAdan Dubay hukmdorining qizi 32 yashar malika Latifa bin Muhammad Al Maxtumning qayerdaligini oshkor qilishni talab qilgan edi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, u mamlakatni tark etishga harakat qilgan, ammo ayolni qo‘lga olishgan va ortga qaytarishgan. BAA hukumati malikaning kuch bilan ushlab turilgani haqidagi xabarlarni rad etganlar.

Yangiliklar lentasi
0