TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Liviyaning Al-Jufra aeroportida Ukraina aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan 2ta Il-76TD samolyotlari yo‘q qilindi, samolyotlardan birining ekipaji ham qurbon bo‘lgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu samolyotlar hukumat qo‘shinlarining hujumi natijasida yo‘q qilingan. Ma’lumotlar aero-foto suratlar bilan tasdiqlangan. Ma’lumki, Al-Jufra aeroporti ayni damda muxolifat kuchlari qo‘lida ushlab turilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaning OOO "Yevropa Eyr" kompaniyasiga tegishli bo‘lgan ushbu ikki samolyot, muxolifat kuchlariga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgan bo‘lgan.
Ukraina Davlat Aviatsiya xizmati 26-iyul soat 00:00dan boshlab OOO "Yevropa Eyr" kompaniyasi litsenziyasini (UK 046) to‘xtatib qo‘ygan. Ukraina havo kemalari davlat reyestriga ko‘ra Yevropa Eyr 1990 – 1992-yillarda ishlab chiqarilgan beshta yuk samolyotlaridan foydalanib kelgan: UR-BXS, UR-CMC, UR-CRN, UR-CRP i UR-EAB.