Ukraina xavfsizlik xizmati nega Rossiya tankerini qo‘lga oldi – ekspert izohi

© Foto iz lichnogo arxivaVladimir Djaralla
Vladimir Djaralla - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina xavfsizlik xizmati nima sababdan Rossiya tankerini qo‘lga oldi va bundan ko‘zlangan maqsad nimadan iborat edi?

Ukraina xavfsizlik xizmati Odessa viloyatidagi Izmail portida Rossiyaga tegishli Neyma tankerini go‘yoki Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa vaqtida Ukraina harbiy kemalarini yo‘lini to‘sganlikda ishtirok etganligi uchun qo‘lga oldi. UXX xodimlari, harbiy prokurorlar va chegarachilar kemada tituv o‘tkazdi va hujjatlar, muzokaralar yozuvlari va bort jurnallarini musodara qilishdi. Shuningdek, ekipaj a’zolarini so‘roq qilishdi.

Sudoxodstvo v Kerchenskom prolive  vozobnovleno - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina xavfsizlik xizmati Rossiya tankerini qo‘lga oldi

Siyosiy ekspert Vladimir Djaralla bo‘lib o‘tgan hodisani Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiyni noqulay vaziyatga qo‘yishga urinish deb hisoblaydi.

“Bunda ilgari Poroshenko bilan hokimiyat tepasiga kelgan va besh yil davomida mamlakatni boshqargan kishilarning qo‘li bor. Ularning maqsadi – Zelenskiyga muammolar yaratish va Rossiya bilan muloqot o‘rnatishga qaratilgan har qanday urinishni to‘xtatib qolish. Ular hech kim qanday hal qilishni bilmaydigan qo‘shimcha muammolar tug‘dirishga urinishmoqda”, - dedi u Sputnik radio efirida.

Uning fikriga ko‘ra, tanker qo‘lga olinishi Zelenskiy jamoasi uchun o‘ziga xos sinov bo‘lgan.

Hozirda Ukraina qo‘lga olgan tankerdagi dengizchilar qo‘yib yuborilgan va Rossiyaga yetib kelishdi. Dengizchilarga nibatan hech qanday ayblov qo‘yilmagan. Kema Izmail portida ashyoviy dalil sifatida olib qolingan.

Yangiliklar lentasi
0