Xitoyda YTHga uchragan o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

CC0 / pixabay. / Motosikli yedut po nochnomu gorodu
Motosikli yedut po nochnomu gorodu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi motosiklda YTHga uchradi. Ulardan biri voqea joyida halok bo‘ldi.

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Xitoyda O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi motosiklda YTHga uchradi. Bu haqda TIV xabar qildi.

Mamlakatning Shanxay shahridagi (Xitoy) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 23-iyul kuni Nankin pochta va telekommunikatsiya universiteti (Szansu provinsiyasi) talabalari, O‘zbekiston fuqarolari M.T. va S.Sh. uchinchi shaxslarning ishtirokisiz motosiklda YTHga uchragan.

Arenda velosipedov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Elchixona Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talabalar qo‘lga olinganini tasdiqladi

Oqibatda M.T. voqea joyida halok bo‘lgan, S.Sh. esa jiddiy jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Ma’lum qilinishicha, Bosh konsulxona xodimlari tomonidan mazkur masala nazoratga olingan va shu kunning o‘zida ular konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish uchun Nankin shahriga jo‘nab ketganlar.

Hozirda universitet va Nankin shahri huquqni muhofaza qilish organlari rahbariyati hamda shahar kasalxonasining davolovchi shifokorlari bilan aloqa o‘rnatilgan.

Yangiliklar lentasi
0