Elchixona Janubiy Koreyada o‘zbekistonlik talabalar qo‘lga olinganini tasdiqladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovArenda velosipedov v Uzbekistane
Arenda velosipedov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq Janubiy Koreyada ikki nafar O‘zbekiston va bir nafar Qirg‘iziston fuqarolari 34 ta velosiped o‘g‘irlagani va Chonju shahri politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani to‘g‘risidagi xabar qilingandi.

TOShKENT, 25-iyul - Sputnik. O‘zbekistonning Seul shahridagi (Koreya Respublikasi) elchixonasining konsullik bo‘limi chet ellik talabalar, jumladan, ikki nafar O‘zbekiston fuqarolarining velosipedlar o‘g‘irlagani va Chonju shahri politsiyasi tomonidan qo‘lga olingani to‘g‘risidagi OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqladi.

Arenda velosipedov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreyada Markaziy osiyolik talabalar 34ta velosiped o‘g‘irlashdi

“Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi TIV rasmiy xabarida.

Elchixona huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan aloqa o‘rnatgan va vaziyatni nazoratga olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyada ikki nafar O‘zbekiston va bir nafar Qirg‘iziston fuqarolari 34 ta velosiped o‘g‘irlagani aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Konsullik-huquqiy departamenti Koreya Respublikasi hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga zarurat vaziyatlarda Seul shahridagi Elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +82-02-574-65-54, +82-02-577-36-60.

Yangiliklar lentasi
0