Janubiy Koreyada Markaziy osiyolik talabalar 34ta velosiped o‘g‘irlashdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovArenda velosipedov v Uzbekistane
Arenda velosipedov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston va o‘zbekistonlik talabalar Janubiy Koreyada 34ta velosiped o‘g‘irlashdi.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Janubiy Koreya politsiyasi yaqinda g‘alati jinoyatni fosh qildi, deb xabar qilmoqda Yna nashri.

Ikki nafar O‘zbekiston va bir nafar Qirg‘iziston fuqarolari 34ta velosiped o‘g‘irlagani aniqlandi.

Jinoyatchilar velosiped o‘g‘irlashda yashirin yukxonasim bo‘lgan 1 tonnalik yuk avtomobilidan foydalanishgan. O‘g‘rilar yarim tunda, ko‘p qavatli uylar oldida va parkovkalarda qoldirilgan velosipedlarning qulfini kesib yuk mashinasida olib ketishgan.

Ushbu yilning mart oyidan boshlab politsiya velosipedlar yo‘qolib qolayotgani haqida arizalar ola boshlagan. Shundan so‘ng ular yaqin atrofdagi videokameralar yozuvlarini o‘rganib chiqqan.

Natijada bir nafar Qirg‘iziston fuqarosi qo‘lga olingan. Velosipedlarning ham bir qismi topilgan. Politsiya xabariga ko‘ra jinoyatchi velosipedlarni o‘z mamlakatiga yuborishni rejalashtirigan bo‘lgan.  Ayni damda politsiya uning sheriklarini qidirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0