TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. Xitoyning harbiy xarajatlari o‘rtacha suratlarda o‘sadi, bu haqda Xitoy davlat kengashi tomonidan chop etilgan milliy mudofaa bo‘yicha Oq Kitobda aytilgan.
Harbiy xarajatlar “shaffof va maqsadga muvofiq” deb aytilgan.
Ta’kidlanishicha, Xitoy milliy suvereniteti, hududiy yaxlitligi, dengiz manfaatlari va huquqlarini ta’minlashda jiddiy chaqiriqlarga duch kelmoqda.
Xitoyning harbiy budjeti dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. 2018-yilda mudofaa harajatlari 8,1 foizga - 175 milliard dollarga ko‘paydi. 2019-yilda xarajatlar 177,6 milliard dollarga ortadi.