Iqtisod

Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylandi

© RUSSIAN.NEWS.CN / Sovmestnoye kitaysko-uzbekskoye predpriyatiye AWP zapolnilo odnu iz pustuyuщix nish v proizvodstvennom sektore Uzbekistana
Sovmestnoye kitaysko-uzbekskoye predpriyatiye AWP zapolnilo odnu iz pustuyuщix nish v proizvodstvennom sektore Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Birinchi yarim yillikda Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylandi. Ushbu koʻrsatgich boʻyicha u Rossiyadan keskin oʻzib ketdi.

TOSHKENT, 23 iyul - Sputnik. Soʻnggi bir necha yil davomida Oʻzbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkori Rossiya edi. 2019 yilning birinchi yarim yilligi natijalariga koʻra Xitoy oldinga chiqib olgan. Bu haqida Davlat Statistika qoʻmitasi xabar qilmoqda.

Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlari qaysi davlatlar?

© Statistika qoʻmitasiOʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlari
Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkoriga aylandi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonning eng yirik savdo hamkorlari

1-Xitoy - tashqi savdo aylanmasida ulushi - 19%. Ikkinchi oʻrinda Rossiya - 14% va Qozogʻiston - 8%. Aytish joizki 2018 yil yakunlariga koʻra Oʻzbekistonning eng yirik tashqi savdo hamkori Rossiya boʻlgan boʻlsa, 2019 yilning birinchi yarmida Xitoy keskin oldinga chiqib oldi. Oldinga chiqish asosan import hisobidan yuz berdi.

Keyingi oʻrinlarda esa Janubiy Koreya, Turkiya va Germaniya joylashgan. Soʻnggi yarim yillikda Koreya Respublikasi bilan savdo aylanmasining salkam 2 baravar, Germaniya bilan 1,5 baravar, Turkiya bilan - 20% oshganini koʻrish mumkin.

Ulardan soʻng esa Qirgʻiziston - oʻsish 2,5 baravar, AQSH + 25%  va Afgʻoniston - 10 % kelmoqda. 

Eslatib oʻtamiz, ushbu maʼlumotlar faqat 2019 yilning birinchi yarim yilligini aks etadi. Yil oxiriga qadar vaziyat oʻzgarishi mumkin. 

Yangiliklar lentasi
0