To‘yib uxlashning oddiy usuli aniqlandi

CC0 / pixabay / Jenshina spit. Illyustrativnoe foto
Jenshina spit. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘yib uxlamaslik turli kasalliklarni keltirib chiqarishi hech kimga sir emas. Olimlar to‘yib va miriqib uxlashning oddiy usulini ma’lum qilishdi.

TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. Amerikaning Texas universiteti olimlari to‘yib uxlashning oddiy usulini aniqlashdi. Bu haqda MedicalXpress xabar qilmoqda.

Jertva nasiliya. Illyustrativnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Shifokorlar depressiyadan xalos bo‘lishning oddiy usulini ma’lum qilishdi

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, tezroq uyquga ketish va uyqu sifatini oshirish uchun yotishdan oldin iliq vanna qabul qilish zarur.

Mutaxassislar uyqu sifatini yaxshilash mavzusiga bag‘ishlangan 5322 ta tadqiqot ma’lumotlarini o‘rganib chiqishdi. Aksariyat tadqiqotlar vanna qabul qilish o‘rtacha 10 daqiqaga tezroq uxlab qolishga ko‘maklashinini isbotlagan.

Yaponiyada sog‘lom uyqu uchun xodimlarga qo‘shimcha maosh to‘lash boshlandi

Shu bilan birga, suv harorati 40-43 daraja iliq bo‘lishi kerakligi qayd etilgan.

Shuningdek, olimlar uyquga ketishdan 90 daqiqa oldin vanna qabul qilish kerakligini tavsiya qilishgan. Ana o‘shanda qabul qilingan vanna miriqib uxlashga zamin yaratadi.

“Qotil-enaga” ruhiy kasalxonaga uyqusizlik tufayli tushib qolganini aytdi

Avvalroq to‘yib uxlamaslik va tungi bedorlik DNK tuzilishining zararlanishini keltirib chiqarishi haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0