Shifokorlar depressiyadan xalos bo‘lishning oddiy usulini ma’lum qilishdi

© AFP 2023 / BERTRAND GUAYJertva nasiliya. Illyustrativnoe foto.
Jertva nasiliya. Illyustrativnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik shifokorlar 611 ming kishining salomatligini o‘rganib chiqishdi.

TOShKENT, 25 fev - Sputnik. O‘n besh daqiqa mayda qadamlar bilan yugurish depressiyaning paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi yoki hattoki undan xalos bo‘lishga yordam beradi, deb yozadi Daily Mail.

AQShning Massachusets shifoxonasi shifokorlari katta yoshdagi 611 ming amerikaliklarning salomatligini kuzatib borishdi. Sport bilan shug‘ullangan kishilar juda kam holatlarda turli ruhiy xastaliklardan aziyat chekkanliklari aniqlangan.

Sbor i pererabotka chaya v Abxazii - Sputnik O‘zbekiston
Hamisha navqiron: Yoshlikni uzaytirishi mumkin bo‘lgan o‘simlik topildi

Shifokor Devid Agusning so‘zlariga qaraganda, bemorlarga dori-darmon yozib berishdan avval ulardan ko‘chaga chiqib, “biror harakatni bajarish”larini so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar kuniga hech bo‘lmaganda 24 gramm yong‘oq iste’mol qilgan kishilar boshqalarga, jumladan, yong‘oqni umuman iste’mol qilmaydiganlarga nisbatan 26 foizga kamroq depressiya holatiga tushishlarini aniqlashgani haqida xabar qilgan edik.

Depressiya - bu inson asab tizimidagi o‘zgarishlar (kuchli  ruhiy zarba, uzoq  vaqtgacha  ruhiy tushkunlik holatiga tushish) hisoblanadi. Depressiya ruhiy zarba yoki bo‘lib o‘tgan noxush voqealar ta’sirida rivojlanishi mumkin.

Aytish joizki, doimiy charchoq hissi, uyqusizlik, kechalari uyg‘onib ketish yoki tong otmasdan uyquning o‘chib ketishi, maqsadsiz harakat qilish, ishga yoki oilaga, umuman normal hayot tarziga bo‘lgan qiziqishning so‘nishi, bo‘lib o‘tgan noxush hodisalarda o‘zini aybdor sezish, vaznning yo‘qolishi yoki aksincha vaznning ortishi depressiyaning asosiy belgilari sanaladi.

Yangiliklar lentasi
0