Prezident hokimlarni zarurat bo‘lmaganda tadbirkorlar mulkini buzmaslikka chaqirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi s predstavitelyami Vsemirnogo banka
Shavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi s predstavitelyami Vsemirnogo banka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hokimliklar buzayotgan bino va inshootlar tufayli juda ko‘p kompensatsion to‘lovlar kelib chiqmoqda. Investorlar o‘z vaqtida topilmayotgani sabab ushbu to‘lovlar davlat zimmasiga yuklanmoqda, dedi perzident.

TOShKENT, 24-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirzoyev va viloyat hokimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda, zarurat bo‘lmaganda tadbirkorlar mulkini buzmaslikka chaqirdi.

– Barcha hokimlarni qat’iy ogohlantiraman – asosli zarurat bo‘lmagan holda tadbirkorlarga tegishli mol-mulkni buzishga umuman yo‘l qo‘yilmasligi zarur va shart, – dedi prezident.

Shuningdek, tadbirkorlarning bino-inshootlarini buzish va buning uchun kompensatsiya to‘lash borasida tizimli yondashuv yo‘qligi tanqid qilindi.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryoda fuqaro uning do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosarini yoqib yubordi

Albatta, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari davomida ayrim binolarning buzilishi tabiiy hol. Biroq, aholi punktlarini istiqbolda rivojlantirish rejalarini hisobga olmasdan, katta hududlarda joylashgan inshootlar buzib yuborilayotgani oqibatida juda ko‘p miqdorda kompensatsiya to‘lovlari kelib chiqmoqda, deyilgan xabarda.

Undan tashqari, hokimliklar buziladigan binolarning o‘rnida yangi korxonalarni qurish bo‘yicha investorlarni topib, kompensatsiya to‘lovini ularning hisobidan to‘lanishini ta’minlamayotgani sababli ushbu xarajatlar davlat budjeti zimmasiga tushmoqda.

Ushbu munosabat bilan, Adliya va moliya vazirliklari, Savdo-sanoat palatasiga Biznes-ombudsman ishtirokida mol-mulkni buzish va kompensatsiya to‘lash tartiblarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Qashqadaryo tumanlaridan birida tadbirkor uning do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosarining ustiga benzin sepib yoqib yuborgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0