Qashqadaryoda fuqaro uning do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosarini yoqib yubordi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qashqadaryolik tadbirkor amaldorning yuziga yelim idishda bo‘lgan benzinni sepib, uni yoqib yuborgan. Tanasining 35—40 foizi kuygan hokim o‘rinbosari shifoxonaga yotqizilgan.

TOShKENT, 23-iyul – Sputnik. Qashqadaryoda do‘konlarni buzdirayotgan tuman hokimi o‘rinbosari yoqib yuborildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” nashri Bosh prokuratura ma’lumotiga asoslanib xabar qildi.

Vrach vixodit iz operatsionnoy - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda fuqaro o‘zini yoqib yubordi: prokuratura tekshiruv boshladi

Xabarda yozilishicha, Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari Mansur Tuymayev “Hisor Sarlochin” kompaniyasiga tegishli savdo do‘konlarini buzish ishlarini tashkillashtirayotgan vaqtda mazkur jamiyatda ishlovchi fuqaro B.I. o‘ziga tegishli savdo do‘konini buzilishiga faol qarshilik ko‘rsatib, Tuymayevning yuziga yelim idishda bo‘lgan benzinni sepib, uni yoqib yuborgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatda tuman hokimi o‘rinbosari tanasining 35—40 foizi kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.

“Fuqaro B.I.ga nisbatan esa tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u ushlangan”, - deyiladi xabarda.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0