Artur Taymazov yana bir oltin medalidan mahrum qilindi

© Sputnik / Vladimir Baranov / Mediabankka o‘tishPrizeri sorevnovaniy sredi mujchin po volnoy borbe v vesovoy kategorii do 120 kg, sprava uzbek Artur Taymazov
Prizeri sorevnovaniy sredi mujchin po volnoy borbe v vesovoy kategorii do 120 kg, sprava  uzbek Artur Taymazov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq sportchi XOQ tekshiruvlarini tan olmasligini iddao qilib, qaror yuzasidan arz qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

TOShKENT, 24-iyul - Sputnik. Artur Taymazov 2012-yilgi London Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi uchun ishtirok etib, qo‘lga kiritgan oltin medalidan doping namunasi qayta tekshirilgandan keyin mahrum qilindi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Taymazovning tahlil natijalari qayta doping tekshiruvdan o‘tkazilganida uning tarkibida taqiqlangan turinabol moddasi mavjudligi aniqlangan.

Samiy titulovanniy sportsmen Uzbekistana Artur Taymazov - Sputnik O‘zbekiston
Artur Taymazov: medallarimni hamisha halol kurash bilan qo‘lga kiritganman

Sobiq sportchi XOQ tekshiruvlarini tan olmasligini iddao qilib, qaror yuzasidan arz qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Bu haqda o‘zining Instagram sahifasida post yozib qoldirgan.

“2008 yilgi diskvalifiksiyadan keyin XOQning mening 2012-yilgi Olimpiadadagi doping namunalarimni tekshirish qarori kutilayotgan edi va men uchun surpriz bo‘lmadi. Uning natijasi ham. Afsuski. XOQning navbatdagi qarori yuzasidan quyidagini ma’lum qilmoqchiman. Ayblovni tan olmayman. XOQning qarorini siyosiy motivlashtirilgan va asossiz deb hisoblayman. XOQning ichki tekshiruvlari natijalarini ham, bu tekshiruv jarayonini ham tan olmayman, ular shaffof emas. Bu qaror yuzasidan arz qilaman”, - deya yozgan u.

Shuningdek, Taymazov XOQga 2020-yilgi Olimpiada g‘oliblarini taqdirlashni 10-yildan keyin o‘tkazishni, sportchilarga esa 10-yildan keyingi tekshiruvdan oldin o‘zlarini g‘olib hisoblamasliklarini tavsiya qilishini qo‘shimcha qilgan.

2017 yil aprelda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi doping sabab sobiq kurashchini 2008-yilgi Pekinda o‘tkazilgan Olimpiada oltin medalidan mahrum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0