Sport

Artur Taymazov: medallarimni hamisha halol kurash bilan qoʻlga kiritganman

© MARWAN NAAMANI / AFPSamыy titulovannыy sportsmen Uzbekistana Artur Taymazov
Samыy titulovannыy sportsmen Uzbekistana Artur Taymazov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Men butun hayotimni shunga bagʻishladim, sogʻligimni "gilamda qoldirdim". Men medallarni hamisha halol kurashda qoʻlga kiritganman. Hech qachon taqiqlangan moddalar isteʼmol qilmaganman", deb yozdi Artur Taymazov

TOSHKENT, 6 apr — Sputnik. XOQning maʼlumotiga koʻra, oʻzbekistonlik kurashchining doping sinovidan taqiqlangan moddalar — turinabol i stanozolol topilgan.

Artur Taymazov bu xabarga nisbatan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat bildirdi. Sportchining aytishicha, Olimpiada chempioni boʻlish uning bolalikdagi orzusi boʻlgan.

"Men butun hayotimni shunga bagʻishladim, sogʻligimni "gilamda qoldirdim". Men medallarni hamisha halol kurashda qoʻlga kiritganman. Hech qachon taqiqlangan moddalar isteʼmol qilmaganman. 16 yil davomida bir yilda bir necha marta doping sinov topshirganman va biror marta ham doping sinov ijobiy chiqmagan", — deb yozdi u.

Uning fikricha, kishi chempion boʻlganida oʻz millati, oʻz xalqi nomini tarix sahifalariga oltin harflar bilan yozib qoʻyadi.

Uzbekskiy borets v volnom stile Artur Taymazov - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Artur Taymazov Olimpiada oltin medalidan mahrum qilindi

"Oʻsha lahzada sen masʼuliyatni boshqacha anglay boshlaysan: nafaqat senga, balki butun xalqingga qarab turishganini his etasan. Va sening xato qilishga, ayniqsa, nohalol harakat qilishga haqqing yoʻq. Oʻzim uchun, menga ishonganlar, mening har kungi mehnatlarimni koʻrganlar uchun men har doim uch karra Olimpiada chempioni boʻlib qolaveraman", — dedi u.

Shu sababli Taymazov alohida taʼkidladi: "Men MOQning qaroriga nisbatan norozilik bildiraman".

Bundan tashqari, kurashchi uni qoʻllab-quvvatlaganlar va uning halol mehnatiga shubha qilmaganlarga minnatdorlik bildirdi.

Eslatib oʻtamiz, Taymazov Pekindagi musobaqa finalida rossiyalik Baxtiyor Ahmedovni magʻlub etgan.

Yangiliklar lentasi
0