Surxondaryoda fuqaro o‘zini yoqib yubordi: prokuratura tekshiruv boshladi

© Sputnik / Aleksandr KrajevVrach vixodit iz operatsionnoy
Vrach vixodit iz operatsionnoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda fuqaro o‘zini nima sababdan yoqqanligi tergov oldi tekshiruvi yo‘li bilan aniqlanmoqda.

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. Ayrim mahalliy nashrlarda Surxondaryo viloyati Termiz tumanida fuqaro o‘zini yoqib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi.

V Bishkeke borutsya s novoy opasnoy igroy dlya podrostkov - Tashkent vstrevojen - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston yangi xavfli o‘yin bilan kurashmoqda - Toshkentda hamma ogohlantiriladi

Holatga aniqlik kiritish maqsadida Sputnik muxbiri Bosh prokuratura matbuot xizmati bilan bog‘landi.

Bosh prokuraturada bu holat 25-fevral kuni Termiz tumani, “Uchqizil” mahallasi At-Termiziy ko‘chasi markazida sodir bo‘lganligi ma’lum qilindi.

“Termiz tumani “Yangihayot” mahallasida yashovchi fuqaro B.E. o‘zi bilan olib yurgan 0.5 litr hajmdagi idishda bo‘lgan benzin yoqilg‘isini ustiga sepib, zajigalka yondirg‘ich orqali olov berib o‘zini o‘zi yoqib yuborgan”, - deb ma’lum qilindi matbuot xizmatda.

Alanga oqibatida tan jarohati olgan B.E. Termiz tuman tibbiyot birlashmasining jonlashtirish bo‘limiga yotqizildi.

“Viloyat sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasida, fuqaro B.E.ning tananing 15-20 % qismini I-II darajali alangadan termik kuyishi, yuqori haroratli alanga (olov) ta’sir mexanizmi natijasida yetkazilganligi, og‘irlik darajasiga ko‘ra “o‘rtacha” og‘irlikdagi tan jarohati deb baholangan”, - deb ta’kidlandi matbuot xizmatda.

Mazkur holat yuzasidan hozirda Termiz tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0