Elchixona vakillari shifoxonaga tushgan 69 nafar fuqarodan xabar oldi

© Sputnik / Igor ZaremboPatsiyenti, illyustrativnoe foto
Patsiyenti, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elchixona vakillari Samarada zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan 69 nafar O‘zbekiston fuqarolarining holidan xabar oldi.  

TOShKENT, 21-iyul - Sputnik. Qozon shahridagi O‘zbekiston bosh konsuli Fariddin Nasriyev hamda Moskvada joylashgan Tashqi mehnat migratsiyasi vakili Saidnumon Mansurov Samara viloyatiga tashrif buyurib zaharlanish tashhisi bilan kasalxonaga yotqizilgan o‘zbekiston fuqarolarining holidan xabar oldi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Avtomobil skoroy meditsinskoy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
Samarada 68 nafar O‘zbekiston fuqarosi noma’lum moddadan zaharlandi

Elchixona vakillari Samara viloyat klinik shifoxonasi hamda Tolyatti shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga tashrif buyurib ushbu shifoxonalarda davolanayotgan O‘zbekiston fuqarolarining  holidan xabar olishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, shifoxonaga yotqizilgan fuqarolar soni 69 kishi ekan. Ularning orasida bir nafar yosh bola ham bor. Ulardan 3 nafari reanimatsiyada og‘ir ahvolda. Ayni damda zaharlanish sababini aniqlash bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Tashrif davomida O‘zbekiston elchixonasi vakillari hudud rahbariyati, sog‘liqni saqlash muassasalari rahbarlari hamda “Koshelevskiy posad” korxonasining direktori bilan uchrashishdi.

Ushbu uchrashuvlar yakuniga ko‘ra, quyidagi kelishuvlarga erishildi:

  • davolanish bilan bog‘liq barcha xarajatlar ish beruvchi tomonidan qoplanadi;
  • mehnat migrantlarining pasportlari ularning o‘z qo‘liga topshiriladi;
  • ularning yashash va ovqatlanish sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘riladi;
  • ularning maoshlarini oshirish masalasi ko‘rib chiqladi;

O‘zbekistonning Qozondagi Bosh konsulxonasi ushbu vaziyatni nazorat ostiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Samara viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurutuvchi “Koshelevskiy posad” korxonasining 70 ga yaqin ishchilari zaharlanish tashhisi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha mehnat migrantlari alohida uyda yashagan va o‘zlari uchun o‘zlari ovqat pishirgan. 

Yangiliklar lentasi
0