O‘zbekiston Bosh vaziri Qoraqalpog‘istonda tikuvchi ayollar bilan uchrashdi

© NOKAbdulla Aripov
Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aripov "Qoraqalpog‘iston" posolkadagi "Usturt chevarlari" MChJda bo‘lib, bu yerda ishlayotgan xotin-qizlar bilan uchrashdi.

TOShKENT, 20-iyul - Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov "Beyneu–Aqjigit–O‘zbekiston chegarasi" avtomagistralining tantanali ochilish marosimida ishtirok etish arafasida Qo‘ng‘irot tumanida bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zA.

Aziatskiy bank razvitiya  - Sputnik O‘zbekiston
OTB Qoraqalpog‘iston suv ta’minoti tizimi uchun 145 million dollar ajratadi

Bosh vazir tuman shimolida joylashgan "Qoraqalpog‘iston" posolkasi fuqarolar yig‘iniga ham tashrif buyurib, bu yerdagi xotin-qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Aripov posolkadagi "Usturt chevarlari" MChJda bo‘lib, bu yerda ishlayotgan xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Shu yil iyul oyi boshlarida ish boshlagan "Usturt chevarlari" MChJ da bugungi kunda 50 nafar xotin-qiz ish bilan ta’minlangan. Prezident tashabbusi bilan tatbiq etilgan tizim – "Obod qishloq" dasturi doirasida "Qoraqalpog‘iston" posolkasi fuqarolar yig‘inidagi bu korxona qayta ishga tushirildi. Ayni vaqtda "O‘ztransgaz" AJ Qoraqalpog‘istongaz filialining tuman bo‘limi bilan mahsulot yetkazib berish yuzasidan shartnoma imzolangan.

Shuningdek, korxonada shu hududda yashayotgan aholining ehtiyojidan kelib chiqib va ichki bozorni o‘rgangan holda kundalik qo‘llaniladigan ko‘rpa-ko‘rpacha choyshablari, yostiqjildlar, kiyimlar ham tikilmoqda. Kelajakda ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirib, yana 30 nafar xotin-qizni, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Qo‘shni Qozog‘istonning Beyneu tumaniga tayyor mahsulotlarni eksport qilish ham maqsad qilingan.

Yangiliklar lentasi
0