OTB Qoraqalpog‘iston suv ta’minoti tizimi uchun 145 million dollar ajratadi

© TANG CHHIN SOTHY / AFPAziatskiy bank razvitiya
Aziatskiy bank razvitiya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi 20-yil mobaynida Osiyo taraqqiyot banki qishloq xo‘jalik, ta’lim, energetika, transport sohasida 60 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga 6 milliard dollarga yaqin mablag‘ taqdim etdi.

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashi  Qoraqalpog‘istonga suv ta’minoti tizimini takomillashtirish uchun O‘zbekiston hukumatiga 145 million dollarlik kredit ajratishni ma’qulladi.

“Suv ta’minoti islohotlar hukumat dasturin qo‘llab-quvvatlash uchun 145 million dollarlik kredit ajratadi. Suv ta’minoti mintaqaviy tizimiga yordam beradi”, - deydi OTB matbuot xizmati.

Bank ma’lumotlariga ko‘ra, 172,3 million dollarlik loyiha Qoraqalpog‘istonning 6 ta aholi punktlarida 116 ta qishloq xo‘jalik punktlarida istiqomat qiluvchi 388 ming aholi uchue uzluksiz suv ta’minoti tizimini yaratishga qaratilgan.

Bundan avval OTB O‘zbekiston hukumatiga 2018-2020 yillarda 2,29 milliard dollar kredit ajratishni rejalashtirilgan. Mamlakatning energetika sektorini takomillashtirish uchun 750 milliard dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Transport infratuzilmasi qurilishi va suv ta’minoti uchun 790 million dollar yo‘naltiriladi.

OTB 1995-yildan boshlab qishloq xo‘jaligi, ta’lim, energetika, transport sohasida 60 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekistonga 6 milliard dollar hamda texnik yordam 75 million dollar grand mablag‘ini taqdim etdi.

Yangiliklar lentasi
0