Otabek Umarov "tonirovka" mavzusi xavfsizlikni ta’minlashda to‘siq bo‘lolmaydi, dedi

© Sputnik / Ruslan KrivobokReyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami
Reyd GIBDD po viavleniyu avtomobiley s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umarovning yozishicha, hozirda "tonirovka" mavzusi boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, har tomonlama ko‘rib chiqilmoqda.

TOShKENT, 20-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi Otabek Umarov Instagramdagi sahifasida avtoulov "tonirovka"si haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Avtomobil s tonirovannimi steklami - Sputnik O‘zbekiston
“Tonirovka” uchun jarima keskin oshirilishidan nima maqsad – YHBB javobi

Umarovning fikricha, xavfsizlik masalalarini hal qilishda va ta’minlashda tonirovka hech ham to‘siq bo‘lolmaydi.

"Menga "Instagram"dagi sahifam orqali bahsli mavzu — "tonirovka" borasida juda ko‘p murojaat kelib tushmoqda. Shu sababli va bu aktual mavzuning qisman xavfsizlik masalasi bilan bog‘liqligi uchun o‘z fikrimni bildirishga qaror qildim. Fikrimcha, "tonirovka" mavzusi O‘zbekiston sharoitida dolzarb va o‘rinli ko‘tarilgan. Chunki yurtimizda iqlim sharoiti yoz oylari, ayniqsa, chilla payti juda og‘ir bo‘ladi.

Masalaning muhim ekanligini hamda Internet tarmoqlari orqali jamoatchilik, blogerlar va deputatlar murojaatlarini inobatga olib, biz mutasaddi davlat idoralariga bu masalani amaliyotga joriy qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdik. Hozirda "tonirovka" mavzusi boshqa davlatlar tajribasidan kelib chiqib, har tomonlama ko‘rib chiqilmoqda.

Xavfsizlik nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, shuni alohida aytmoqchimanki, bizda ushbu yo‘nalishda hamma zarur choralar ishlab chiqilgan va ijrosi ta’minlangan. Avtoulov "tonirovka"si xavfsizlik masalalarini hal qilishda va ta’minlashda bizga to‘siq bo‘lolmaydi", - deb yozgan Umarov.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Otabek Umarov (@otabek_muhammadalievich)

Yangiliklar lentasi
0