Amerikalik harbiylar Fors qo‘ltig‘ida operatsiya tayyorlamoqda

Obuna bo‘lish
Operatsiyadan maqsad "dengizda barqarorlikni saqlab turishga ko‘maklashish va xavfsiz o‘tishni ta’minlash va Arab qo‘ltig‘i, Ormuz bo‘g‘ozi, BAM bo‘g‘ozi va Ummon ko‘rfazi xalqaro suvlarida ziddiyatni pasaytirishdan iborat

TOShKENT, 20-iyul - Sputnik. AQSh "Posbon" deb nomlangan, Yaqin Sharqdagi dengiz yo‘llari xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan, harbiy operatsiyaga hozirlik ko‘rmoqda, deb bayonot berdi AQSh Markaziy qo‘mondonligi. RIA Novosti xabari asosida.

Prezident Islamskoy Respubliki Iran Xasan Rouxani, foto iz arxiva - Sputnik O‘zbekiston
Ruhoniy: AQSh harakatlari Yaqin Sharq barqarorligiga xavf solmoqda

Fors qo‘ltig‘ida operatsiyaga tayyorgarlik ishlari juma kuni, ya’ni Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi tomonidan xalqaro normalarni buzganligi tufayli Britaniya tankeri qo‘lga olingach boshlangan. Sal keyin Pentagon rahbari vazifasini bajaruvchi Richard Spenser Yaqin Sharqda "AQSh manfaatlari himoyasi uchun" Saudiya Arabistoniga harbiy kontingentni tashlash qarorini ma’qullagani ma’lum bo‘ldi.

"AQSh Markaziy qo‘mondonligi, yaqinda Fors qo‘ltig‘ida yuz bergan voqealardan so‘ng, kemachilik erkinligini ta’minlash va Yaqin Sharqdagi eng muhim suv yo‘llarida nazoratni kuchaytirish hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida "Posbon" xalqaro dengiz operatsiyasini ishlab chiqmoqda", - deyiladi qo‘mondonlik bayonotida.

Operatsiyadan maqsad "dengizda barqarorlikni saqlab turishga ko‘maklashish va xavfsiz o‘tishni ta’minlashdan iborat, shuningdek, Arab qo‘ltig‘i, Ormuz bo‘g‘ozi, BAM bo‘g‘ozi va Ummon ko‘rfazi xalqaro suvlarida ziddiyatni pasaytirish ham shular jumlasiga kiradi.

AQSh Markaziy Qo‘mondonligi bayonot qilganidek, AQSh "mintaqada kemachilik erkinligini ta’minlash va hayotiy muhim bo‘lgan dengiz yo‘llarini himoyalash uchun" "Posbon" operatsiyasi doirasida ittifoqdoshlar bilan o‘z harakatlarini muvofiqlashtiradi.

Fors qo‘ltig‘ida holat ziddiylashuvi

Fors qo‘ltig‘i va unga chegaradosh bo‘lgan hududlarda so‘nggi bir necha oy davomida vaziyat chigallashdi.

Qo‘shni Ummon qo‘ltig‘ida iyun oyi o‘rtalarida Front Altair va Kokuka Courageous tankerlariga hujum amalga oshirildi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, kemalar bortida magnit minalar portlagan va bu yong‘inni keltirib chiqargan. Buni rasman tasdiqlovchi xabar berilgani yo‘q. Eron yuz bergan hodisaga aloqadorligini inkor etmoqda.

Prezident RF V. Putin vstretilsya so spespredstavitelem predsedatelya KNR, glavoy MID KNR Van I - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy AQShni Yaqin Sharqga bosim o‘tkazishni bas qilishga chaqirdi

Siyosatshunos: Tehron o‘z ustidan hukmronlik qilishlariga toqat qilmaydi >>>

Ushbu voqeadan so‘ng yana bir baxtsiz hodisa yuz berdi — eronlik harbiylar Eron havo bo‘shlig‘i chegarasini buzgani uchun urib tushirilgan amerika uchuvchisiz uchish qurilmasi haqida xabar berdi. Xuddi shu paytning o‘zida AQSh Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi uchuvchisiz uchish qurilmasi xalqaro havo bo‘shlig‘ida - Ormuz qo‘ltig‘i ustida urib tushirilgani haqida bayonot bilan chiqdi.

Sal o‘tib, iyul oyi o‘rtalarida, Gibraltarda islom respulikasi tankeri ushlab turilishi fonida, Ormuz bo‘g‘ozida eronlik harbiylar tomonidan Britaniya kemasini qo‘lga olishga urinish bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Tehron buni keskin rad etdi.

Yangiliklar lentasi
0