O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin

© Press-slujba aviakompaniiSamolet aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari birgalikda Mozori-Sharif – Toshkent – Mozori-Sharif yo‘nalishi bo‘ylab parvozlarni amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqdilar.

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Afg‘oniston hukumatlararo komissiyasi majlisida ikki davlat aviatsiya ma’muriyatlari birgalikda Mozori-Sharif – Toshkent – Mozori-Sharif yo‘nalishi bo‘ylab parvozlarni amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqdilar, deya xabar qildi O‘zbekiston Transport vazirligi axborot xizmati.

Ismatulla Irgashev, Spetsialniy predstavitel Prezidenta Respubliki Uzbekistan po Afganistanu - Sputnik O‘zbekiston
Irgashev: O‘zbekistonning barcha sayi-harakatlari Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan

Majlisda oliy darajadagi uchrashuvlar, shuningdek, turli maqomdagi delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni samarali ro‘yobga chiqarish masalalari muhokama qilindi.

15-16 iyul kunlari O‘zbekiston Transport Vazirligida Afg‘oniston Islom Respublikasi transport vazirining o‘rinbosari Imom Muhammad Varimodj bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida tomonlar transport sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.

Jumladan, transport masalalari bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishib olindi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Afg‘oniston o‘rtasidagi halqaro avtomobil transporti to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnoma, shuningdek, Afg‘oniston, Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi tovarlarni tranzit qilish to‘g‘risidagi kelishuvni tomonlar birgalikda qo‘rib chiqishdi. Ma’lum qilinishicha, Afg‘oniston tomoni havo harakatlari bo‘yicha hukumatlararo bitim loyihasini ishlab chiqishni jadallashtirishga tayyorligini bildirdi.

Linii elektroperedach (LEP) - Sputnik O‘zbekiston
Ertaga “Surxon – Puli-Xumri” elektr uzatish loyihasi imzolanadi

Afg‘oniston Islom Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasining hududlarida temir yo‘llarda yuklar hajmini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan, o‘zbek tomoni 2019-yilga mo‘ljallangan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarif siyosatida 20% hajmida imtiyozlar berishni ma’lum qildi. Shu bilan birga, ikki tomon Afg‘onistondan ilk marotaba eksportga 180 tonna mineral talkni yetkazib berilishini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Kamilov Afg‘oniston elchisi bilan munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi

Yangiliklar lentasi
0