Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi s predstavitelyami Vsemirnogo banka
Shavkat Mirziyoyev vo vremya vstrechi s predstavitelyami Vsemirnogo banka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bank O‘zbekistonda ustuvor tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarning sur’ati va natijadorligini yuksak baholayotgani qayd etildi

TOShKENT, 19-iyul - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-iyul kuni Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot-xizmati.

Jahon banki O‘zbekistonga $50 million ajratadi

Uchrashuvda O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Bank-moliya sektori va davlat korxonalarini isloh qilish, ta’lim, tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlarida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Siril Muller Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Jahon banki prezidenti Devid Melpassning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Bank O‘zbekistonda ustuvor tarmoqlarda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarning sur’ati va natijadorligini yuksak baholayotgani qayd etildi.

Siril Muller mamlakat va butun mintaqaning barqaror taraqqiyoti yo‘lida O‘zbekiston bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasida Jahon bankining intilishi qat’iy ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Yangiliklar lentasi
0