Jamiyat

Jahon banki Oʻzbekistonga $50 million ajratadi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Jahon banki iqtisodiy islohotlar vaqtida aholining kam taʼminlangan qatlamini qoʻllab quvvatlash uchun Oʻzbekistonga 50 million dollar ajratdi.

TOSHKENT, 2 iyul – Sputnik. Jahon bankining direktorlar kengashi Oʻzbekistonga 50 million dollar miqdorida kredit ajratishga qaror qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Luk na gryadke - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Jahon Banki Fargʻona vodiysi tadbirkorlariga 200 million $ kredit beradi

Ushbu mablagʻlar “Ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga” yoʻnaltiriladi. Loyihani amalga oshirish jarayonida oziq-ovqat mahsulotlari  hamda kommunal xizmatlar narxi oshishidan aziyat chekayotgan, kam taʼminlangan shaxslarning maxsus roʻyxati tuziladi.  

Shuningdek aholi orasida bandlik darajasini oshirishga qaratilgan loyihalarga ham mablagʻ ajratiladi. Masalan, tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan darslar, professional texnik darslar tashkil qilinadi.

Undan tashqari ish qidirayotgan fuqarolarga yordam berish uchun Mehnat vazirligi bilan hamkorlikda maxsus axborot bazasi tashkil qilinadi.

“Ushbu loyiha Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan ulkan iqtisodiy oʻzgarishlar davrida fuqarolarga yordam berish maqsadida amalga oshirilmoqda”, - dedi Jahon bankining Oʻzbekistondaki vakolatxonasi rahbari Xideki Mori.

Eslatib oʻtamiz, shu vaqtga qadar Jahon banki Oʻzbekistonga umumiy qiymati 4,1 milliard dollar boʻlgan 23ta loyihani amalga oshirishda yordam bermoqda. Jahon banki yordam berayotgan loyihalar makroiqtisodiy islohotlar, qishloq va suv xoʻjaligini boshqarish, energetika, transport, sogʻliqni saqlash, taʼlim va shahar boshqaruvi sohalarini rivojlantirishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0