Gulnora Karimova koloniyadan tez yordamda gospitalizatsiya qilindi

© Sputnik / Valeriy LevitinGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ishonchli manbadan olingan ma’lumotga ko‘ra, men uni tashqarida kutib turgan vaqtimda Karimova Zangiotani tez yordam mashinasida tark etgan", - deb yozgan Manja Twitterda.

TOShKENT, 18-iyul - Sputnik. O‘zbekistonning birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova koloniyadan tez yordam mashinasida olib ketildi. Bu haqda Karimovaning shveysariyalik advokati Greguar Manja ma’lum qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Nari dlya Gulnari: sokamernitse Karimovoy prishlos ustupit yey mesto u okna - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimova qamoqxonada oila a’zolari bilan uchrashdi

"Ishonchli manbadan olingan ma’lumotga ko‘ra, men uni tashqarida kutib turgan vaqtimda Karimova Zangiotani tez yordam mashinasida tark etgan", - deb yozgan Manja Twitterda.

Advokatning so‘zlariga ko‘ra, unga mijozi bilan ko‘rishishi uchun ruxsat berishmagan. Manjaning ta’kidlashicha, koloniya rahbariyati undan u haqiqatan Karimovaning advokati ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilgan. "Olti soatlik kutishlardan so‘ng Zangiotani tark etapman. Uchrashuvga rad javobini berishdi", - deb qo‘shimcha qilgan advokat.

Ayni vaqtda rasmiy hukumatdan bu xabarga izoh berilmagan.

Adliya vazirligi iyul oyi boshida 21-sonli ayollar jazoni o‘tash Koloniyasida bo‘lgani va Gulnora Karimovaning mahbus sifatida haq-huquqlari poymol etilmaganligi haqida ma’lumot bergan edi.

Iyun oyi oxirida Gulnora Karimovaning shveysariyalik advokati Karimova bilan uchrashuvdan so‘ng Twitterda uning sog‘lig‘idan havotirdaligini yozgan edi. Karimovaning qizi Imon o‘zining Instagramida "onasi koloniyada zarur tibbiy yordamni olmayotgani va unga ruhiy bosim o‘tkazilayotgani" haqida yozgan edi. Shu bilan birga, O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmen) Ulug‘bek Muxammadiyev № 21 koloniyaga qilgan tashrifidan so‘ng Karimovaning holati qoniqarli ekanini va u barcha kerakli tibbiy yordamni olayotgani haqida ma’lumot bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0