Gulnora Karimova qamoqxonada oila a’zolari bilan uchrashdi

© InstagramNari dlya Gulnari: sokamernitse Karimovoy prishlos ustupit yey mesto u okna
Nari dlya Gulnari: sokamernitse Karimovoy prishlos ustupit yey mesto u okna - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulnora Karimova qamoqxonada 3 kun davomida oila a’zolari bilan birga bo‘ldi.

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. Gulnora Karimova qamoqxonada 3 kun davomida oila a’zolari bilan birga bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi.

“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasiga muvofiq, mahkuma G. Karimova o‘zining uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalangan holda 2019-yilning 7-iyul kunidan 10-iyul kuniga qadar, o‘z oila a’zolari bilan uch kunlik – uzoq muddatli uchrashuvda bo‘ldi”, - deyilgan vazirlik xabarida.  

Ularga, uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalanayotgan boshqa mahkumalar kabi, alohida yashash joyi ajratildi. Ushbu uchrashuvni bo‘lish, shuningdek, oila a’zolari tomonidan olib kelingan posilka va banderollarni kiritishni cheklash holatlari bo‘lmadi. 

Chtenie knigi - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimova qamoqxonada qanday kitoblar o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi

Uchrashuv davomida, G. Karimovaning oila a’zolari mahkumaga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmayotganligi va unga bosim o‘tkazilayotganligi bo‘yicha shikoyat va e’tiroz bildirishmadi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq G.Karimovaning advokati o‘z mijoziga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani hamda u doimo ruhiy bosim ostida ekanligi xabar tarqatgan va shu asosda mablag‘larni Shveysariyadan O‘zbekistonga qaytarish jarayonini to‘xtatib qo‘ygan edi.

Yangiliklar lentasi
0