Toshkentda jinoyatchilik kamaydi – IIBB

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSotrudniki GUVD g. Tashkenta
Sotrudniki GUVD g. Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida jinoyatlar soni qanchaga kamaygani ma’lum qilindi.

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Joriy yilning birinchi yarmida Toshkentda jinoyatchilik o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,7% ga kamaydi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Sputnik O‘zbekiston muxbiriga ma’lum qildi.

Chelovek v maske balaklavi. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Qotillik va bosqinchilik jinoyatlari “issiq izlar” bo‘yicha fosh etildi - Bosh prokuratura

Ma’lum qilinishicha, 2019-yilning birinchi yarmida Toshkent shahrida umumiy jinoyatlar soni 649 taga yoki 18,7 foizga (3469 ta – 2018 y.; 2820 ta – 2019 y.) kamaygan.

Shahar ko‘chalarida va jamoat joylarida jinoyatchilik keskin - 41,7%ga (412 ta – 2018 y.; 240 ta – 2019y.) kamaygan.

Jinoyat qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha jinoyatchilik darajasi 30,4% ga (2544 ta – 2018 y.;   1770 ta – 2019 y.) kamaygan.

Shuningdek, o‘g‘rilik 51,9 foizga (524 tadan 252tagacha ), talonchilik 36,7 foizga (60 tadan 38 tagacha), bosqinchilik 52,4 foizga (21 tadan 10tagacha), bezorilik 34,1 foizga (82 tadan 54 tagacha) kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0