Loukoster aviakompaniyalar arzon narxlarni qayerdan oladi?

© RUSBASESamolyoti loukostera RyanAir
Samolyoti loukostera RyanAir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Loukoster kompaniyalar xarajatlarni qanday kamaytiradi va qayerdan daromad oladi - ekspert fikri.

TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Ma’lumki, odatiy aviakompaniya va loukoster aviakompaniyalar chipta narxlari orasida katta farq bor. Loukoster aviakompaniya biletlari bir necha baravar arzon bo‘lishi mumkin.

Xo‘sh, buning siri nimada, nimaning hisobidan loukoster aviakompaniya chiptalari buncha arzon?  

Ushbu savol bilan Sputnik muxbiri aviatsiya sohasi va biznesni boshqarish bo‘yicha mutaxassis Lovkovskiy Vasiliyga murojaat qildi.  

Ekspert fikriga ko‘ra loukoster aviakompaniyalar quyidagi omillar evaziga chipta narxini arzon qilishga muvaffaq bo‘lishadi:  

  • Faqat yangi samolyotlardan foydalanish - chunki samolyot qanchalik yangi bo‘lsa, uni shunchalik kamroq ta’mirlash kerak bo‘ladi va undan foydalanish xarajatlari arzonlashadi.
  • Faqat bir xil modeldagi samolyotlardan foydalanish – masalan, Ryan Air, "Pobeda" kabi aviakompaniyalarga nazar solsangiz, ular faqat bir xil samolyot modellaridan foydalanishadi. Buning bir necha ustunlik taraflari bor:  birinchidan ular bir necha dona bir xil samolyot sotib olishda ishlab chiqaruvchidan chegirma olishlari mumkin. Ikkinchidan esa – bir xil modeldagi samolyot uchun bir xildagi ehtiyot qismlar zaxirasi kerak bo‘ladi. Uchinchidan – mexanik va uchuvchilarni tayyorlashda ham bir xil samolyot qulay.
  • Xodimlariga kuchliroq talablar qo‘yish evaziga - ular tezroq va xatosiz ishlashi kerak bo‘ladi. Masalan, hozirgina uchib kelgan samolyotni tezroq ko‘zdan kechirib, yangi parvozga tayyorlashi va hokazo. Har bir xato yoki yo‘qotilgan vaqt  – bu jarima, pul.
  • Samolyotlar yerdan ko‘ra havoda ko‘proq vaqt o‘tkazish natijasida. O‘rtacha hisoblaganda, ularning uchish soati – juda ko‘p. Buning evaziga ularning qimmatbaho yerda turish vaqti kamayadi.
  • Xizmatlar soni va turini cheklash natijasida - aviakompaniya katta va qimmat infratuzilmadan voz kechishi mumkin. Shu sabab siz loukoster kompaniya samolyotlarida ekranlar yoki turli-xil taomlarni uchratmaysiz. Infratuzilma qancha oddiy bo‘lsa – xarajat shuncha kam.
  • Camolotlari doim liq to‘la uchish evaziga - ularda ko‘p joy egallaydigan biznes klass o‘rindiqlar yo‘q. Ularning o‘rniga ham ko‘proq yo‘lovchi olinadi. Shuningdek, parvoz jadvallari ham shunga mos ravishda tuziladi. Natijada samolyot doim to‘la.
  • Xodimlarga kamroq maosh to‘lash evaziga- loukoster kompaniyalar tajribali va katta maosh so‘raydigan uchuvchilar bilan emas – yosh va arzonroq personal olib uni o‘zlari tayyorlashni ma’qul ko‘rishadi. Shuning evaziga ularga kamroq maosh to‘lash imkoni ham paydo bo‘ladi.

Xo‘sh, ushbu kompaniyalar faqat iqtisod qilish bilan shug‘ullansa, chiptalarni arzon narxda sotsa, ular nimaning hisobidan yashaydi, qanday daromad oladi?

Generalniy direktor Assotsiatsii Aeroport Viktor Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
Men barcha aviakompaniyalarni davlat ixtiyoriga bergan bo‘lardim – ekspert

Loukoster kompaniyalarda odatda chipta narxi - unning tannarxiga yaqin bo‘ladi. Ko‘p hollarda yo‘lovchilarga albatta u yoki bu qo‘shimcha xizmatlar kerak bo‘ladi. Masalan, bagaj olib uchish, parvozda ovqatlanish, o‘rindik joyini oldindan belgilash kabi. Shuning uchun ular chipta sotib olinganidan so‘ng yoki parvoz oldidan qo‘shimcha haq to‘laydi.

Agar siz odatiy kompaniya taklif etadigan barcha xizmatlarni loukoster kompaniyadan xarid qilsangiz – chipta narxi odatiy aviakompaniya narxidan ham ancha qimmat bo‘ladi. Shuni bilib qo‘yish kerak.

Yangiliklar lentasi
0