Men barcha aviakompaniyalarni davlat ixtiyoriga bergan bo‘lardim – ekspert

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishGeneralniy direktor Assotsiatsii "Aeroport" Viktor Gorbachev
Generalniy direktor Assotsiatsii Aeroport Viktor Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Barcha aviakompaniyalar davlatga tegishli bo‘lgani yaxshi, - deb hisoblaydi Rossiya aeroportlar assotsiatsiyasi direktori.

TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. Rossiya aeroportlarining assotsiatsiyasi bosh direktori - Gorbachev Viktor Ivanovich aviatashuv xizmatlari sohasidaga monopoliya haqida Sputnik muxbirining savollariga javob berdi.

O‘zbekistonning besh aeroporti bizning a’zomiz. Men har yil O‘zbekistonga 1-2 marotaba borib kelaman. Farg‘ona, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganchdagi aeroportlarda ko‘p marotaba bo‘lganman. Shuni ishonch bilan aytishim mumkin-ki, O‘zbekiston havo yo‘llari o‘z vazifalarini to‘liq bajarmoqda.  

Gorbachev: chastnim aviakompaniyam v Uzbekistane negde razvernutsya

Xususiy avikompaniyalar masalasiga kelsak - biznes va tijorat parvozlar uchun xususiy aviakompaniyalar xizmatidan foydalansa bo‘ladi, lekin doimiy parvozlar amalga oshirganda yoki katta gurh sayyohlarni charter parvozlarda tashilganda – bir yoki ikkita yirik aviakompaniya bo‘lsa yetarli. 

Menimcha, barcha yirik aviakompaniyalar davlat ixtiyorida bo‘lsa yaxshi. Nimaga deganda, yangi va zamonaviy aviatsion texnika xarid qilish uchun ulkan mablag‘ kerak. Xudo ko‘rsatmasin biror kor-hol bo‘lib qolsa, xususiy kompaniya mablag‘ni qayerdan oladi?

Boeing 787 Dreamliner aviakompanii Uzbekiston xavo uyllari - Sputnik O‘zbekiston
Biletlar arzon, yo‘lovchilar soni ko‘p bo‘ladi – O‘zbekiston havo yo‘llari o‘zgarmoqda

Davlat o‘ziga tegishli bo‘lgan korxonaga bu masalada yordam berishi mumkin. Uning uchun turli preferensiyalar yaratishi mumkin. Masalan Rossiyada Aeroflot 85-90 %ga davlatga tegishli korxona va shunday bo‘lgani juda yaxshi.   

O‘zbekiston havo yo‘llariga kelsak – bugungi kunda ular o‘z vazifalarini to‘liq bajarmoqda. Ularning samolyotlar parki ham juda yaxshi Airbus, Boeing, ularda hatto biznes klass ham bor, va eng asosiysi – ularning samolyotlari doim to‘la.

Ikkinchidan esa - O‘zbekistonda aviatsiya xizmatlari bozori ham hudud ham unchalik katta emas, bir necha xususiy aviakompaniyalar uchun torlik qilishi mumkin, deydi ekspert.

Narxi qimmat deysizmi?

Narx-navo siyosatiga kelsak – buni davlat hal qiladi. Buning uchun monopoliyaga qarshi qo‘mita bor, O‘zbekiston havo yo‘llarirning markaziy apparati bor. Keling bu masalani davlat bilan muhokama qilaylik. 

 

Yangiliklar lentasi
0