TOShKENT, 17-iyul – Sputnik. Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Jahon chempionati-2022 hamda Osiyo kubogi-2023 musobaqalari saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, Ektor Kuper shogirdlari “D” guruhidan o‘rin oldi. Ushbu guruhda O‘zbekiston Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalariga qarshi maydonga tushadi.
2-bosqich o‘yinlari joriy yilning 5-sentabridan boshlanadi. Yakunda 8ta guruh g‘oliblari va 2-o‘rin egalaridan eng yaxshi ko‘rsatkichga ega 4ta jamoa (jami 12ta terma) JCh saralashining keyingi bosqichiga chiqadi va Osiyo kubogi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Bor e’tiborimiz Jahon chempionati saralashiga qaratilgan - Ektor Kuper
Eslatib o‘tamiz, Qatardagi JCh-2022 yilning noyabr-dekabr oylarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.