TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” aviakompaniyasi 2019 yil 16 iyuldan boshlab Toshkent- Tbilisi -Toshkent yoʻnalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qildi.
Ushbu yoʻnalishdagi qatnovlar haftasiga ikki marta, seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi:
Seshanba: HY-745 Toshkent 15:50 - Tbilisi 18:30
Seshanba: HY-746 Tbilisi 19:30 - Toshkent 23:50
Juma: HY-745 Toshkent 08:00 - Tbilisi 10:40
Juma: HY-746 Tbilisi 11:40 - Toshkent 16:00
Parvozlar zamonaviy A320 samolyotlarida amalga oshirilishi taʼkidlangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Rossiyalik sayyohlarni Gruziyaga olib borish boʻyicha oʻz xizmatlarini taklif qilayotgani xabar qilingan edi.