O‘zbekiston Havo yo‘llari rossiyalik turistlarni Gruziyaga olib borishga bel bog‘ladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDreamliner uzbekskix avialiniy
Dreamliner uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Gruziya orasida to‘g‘ridan–to‘g‘ri parvozlar SSSR davrida bo‘lgan xolos.

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Rossiyalik sayyohlarni Gruziyaga olib borish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti kompaniya vakiliga asosan.

“O‘zbekiston havo yo‘llari 16-iyuldan boshlab Toshkent – Tbilisi yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu parvozlar tranzit yo‘lovchilar, xususan Rossiyalik turistlar ilinjida ochilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Parvozlar haftasiga ikki marotaba A320 samolyotlarida amalga oshiriladi – seshanba va juma kunlari. Shuningdek, aviakompaniya Gruziya shaharlari orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter parvozlarni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Airbus postavil perviy A320neo dlya Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: "O‘zbekiston havo yo‘llari" — monopoliya subyekti

"O‘zbekiston havo yo‘llari" vakilining so‘zlariga ko‘ra, ushbu parvozlar Uzoq Sharq va Sibir o‘lkasidan Gruziyaga kelayotgan sayyohlar uchun qulay bo‘lishi mumkin. Shuningdek, O‘zbekistonda ham Gruziyaga safar qilishni istayotganlar soni ko‘p.

Biroz oldin "O‘zbekiston havo yo‘llari" Gruziya hukumatiga “beshinchi erkinlik huquqi”ni so‘rab murojaat qilgani haqida xabar qilingan edi. O‘shanda aviakompaniya bortiga yangi yo‘lovchilar olish va uchinchi mamlakatlarga yuk tashish huquqiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Gruziyada bo‘lib o‘tgan Rossiyaga qarshi mitinglardan so‘ng Vladimir Putin ushbu mamlakatga turistlar yuborishni va parvozlar amalga oshirishni ta’qiqlab qo‘ygan edi. Iqtisodchilar ushbu vaziyat Turizmga ixtisoslashgan Gruziya iqtisodiga katta zarar yetkazishi mumkin deyishmoqda, chunki Gruziyada har beshinchi sayyoh – rossiyalik.

Yangiliklar lentasi
0