G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti lavozimini tark etdi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishGafur Raximov izbran prezidentom Mejdunarodnoy assotsiatsii lyubitelskogo boksa
Gafur Raximov izbran prezidentom Mejdunarodnoy assotsiatsii lyubitelskogo boksa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AIBAning asosiy vazifasi – boks sohasini boshqarib turuvchi mustaqil tashkilot bo‘lish - G‘ofur Rahimov.

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. G‘ofur Rahimov Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti lavozimini tark etdi, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.

O‘z murojaatida G‘ofur Rahimov unga eng murakkab davrda  AIBAga rahbarlik qilishga to‘g‘ri kelganini aytib o‘tdi.

Golosovanie v MOK - Sputnik O‘zbekiston
XOQ boksni emas AIBAni Olimpiada dasturidan chiqardi

So‘nggi bir yarim yil davomida men Assotsiatsiyani barqarorlashtirish va jahon boks jamiyatini o‘zgartirishga yo‘nalitirilgan qadamlarimni qo‘llab-quvvatlaganingizni his qilib turdim.

AIBAning asosiy vazifasi – boks sohasini boshqarib turuvchi mustaqil tashkilot bo‘lish. Afsuski AIBA rivojlanishining ushbu o‘ta muhim davri, mening o‘tmishdan kelib chiqayotgan yolg‘on va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi ayblovlar bilan kurashda ishtirok etish davrimga to‘g‘ri keldi.  

Men o‘z nomimni ushbu yolg‘on ayblovlardan tezroq xalos qilish uchun sud majlislarida ishtirok etishim kerak bo‘ladi. Olimpiya harakatining 25-yillik ishtirok etib kelayotgan vakili sifatida men ushbu sport va sportchilarga xizmat qilish o‘z burchim deb bilaman. Shuning uchun yurakda og‘ir yuk bilan bo‘lsada, men AIBA prezidenti lavozimini tark etishga qaror qildim, dedi G‘ofur Raximov o‘z murojaatida. 

Eslatib o‘tamiz, G‘ofur Raximov o‘z lavozimini 2018-yilning dekabrida egallagan edi. Lekin AQSh Raximovni o‘tmishda kriminal dunyosi bilan bo‘lgan aloqalari tufayli sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Shundan so‘ng XOQ G‘ofur Raximov nomzodi boksning Olimpiya o‘yinlari tarkibidan chiqarilishiga olib kelishi mumkinligini xabar qilgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0