XOQ boksni emas AIBAni Olimpiada dasturidan chiqardi

© MOKGolosovanie v MOK
Golosovanie v MOK - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigagan Olimpiada AIBA ishtirokisiz o‘tkaziladi. U yerda ishtirok etadigan bokschilarni HOQning o‘zi tanlab oladi.

TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. Chorshanba kuni Shveysariyaning Lozanna shahrida bo‘lib o‘tgan majlisda, Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi Xalqaro boks federatsiyasini (AIBA) 2020-yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiada ishtirokchisi maqomidan mahrum qildi. Federatsiya maqomi Olimpiadadan keyin qayta ko‘rib chiqiladi, deyilgan XOQ rasmiy xabarida.

Prezident AIBA Gafur Raximov pribil v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
AIBA prezidentligiga saylangan G‘ofur Rahimov O‘zbekistonga keldi

Shu bilan birga, Tokio Olimpiadasida boks sport turi bo‘yicha musobaqalar saqlanib qoladi. Farqi shundaki - u yerda ishtirok etish uchun AIBA tomonidan tashkil qilingan musobaqalar natijalari hisobga olinmaydi. MOQ maxsus qo‘mitasi tomonidan bokschilar orasida alohida saralash musobaqalari tashkil qilinadi. 

Ushbu qaror bundan biroz oldin Xalqaro kurash federatsiyasi (FILA) prezidenti va  MOQ rahbariyati vaikli bo‘lgan Nenad Lalovich AIBAning so‘nggi yillardagi faoliyatini o‘rganib chiqib u haqda tayyorlagan hisoboti natijasiga ko‘ra qabul qilingan.

Lalovich hisobotida, xususan, AIBA tomonidan so‘nggi yillarda yo‘l qo‘yilgan bir qator moliyaviy kamchiliklar - tashkilotning 16 million qarzi borligi, sudyalik muammolari, bahsli qarorlar, etika masalari hamda AIBA rahbariyatiga tayinlanayotgan nomzodlar muammolari qayd etilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0