Turkmaniston prezidenti o‘z ta’tilini qanday o‘tkazmoqda

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Turkmenii G. Berdimuxamedovim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Turkmenii G. Berdimuxamedovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov ta’tilining birinchi kunida “Turkmaniston shifobaxsh o‘simliklari” kitobining navbatdagi jildini yozib tugatdi.

TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ta’tilining birinchi kunida “Turkmaniston shifobaxsh o‘simliklari” kitobining navbatdagi jildini yozib tugatdi, deb xabar qildi Turmaniston hukumat gazetasi.

Predsedatel komiteta po zakonodatelstvu i yego normam Turkmenistana Serdar Berdimuxamedov - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston prezidenti o‘g‘lini hokim etib tayinladi

Xabarda aytilishicha, dalat yetakchisi “kitobga oxirgi o‘zgartirishlar kiritib, qo‘l yozmaga so‘nggi nuqta qo‘ydi va uni chop etishga berdi”.

Keyinchalik Berdimuhamedov ochiq havoda nabiralari bilan sayr qildi.

“Davlat rahbari nabiralarga Turkmaniston tabiati boyligi, go‘zalligi va o‘ziga xos tomonlari, hayvonot olamining xilma-xilligi haqida so‘zlab berdi”, - deyilgan xabarda.

Turmaniston prezidenti mamlakat tarixi, otlar, gilamlar, musiqa, oshpazlik, choy mavzularida kitob chop etgan. Ko‘plab kitoblar xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Yangiliklar lentasi
0