TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovni Axal viloyati rahbari etib tayinladi. Bu haqda mamlakat davlat axborot agentligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, prezident Axal viloyati sobiq rahbari Shohrat Amangeldiyevni boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etgan.
Serdar Berdimuhamedov rahbar etib tayinlanguniga qadar viloyat rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Axal viloyati mamlakatning janubida joylashgan bo‘lib, Turkmanistonning besh viloyatidan biri hisoblanadi.
Serdar Berdimuhemedov 1981-yilda tavallud topgan. Niyozov S.A. nomidagi Turkmaniston qishloq xo‘jaligi universitetini muhandis-texnolog mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2008-2011 yillarda Rossiya TIV diplomatik akademiyasida tahsil oldi va xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassisliga ega bo‘ldi.
Maktab o‘quvchisidan milliardergacha: Markaziy Osiyo yetakchilarining farzandlari
Shuningdek, 2011-2013 yillarda Jenevada xavfsizlik siyosati markazida tahsil oldi va Yevropa va xalqaro xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis malakasiga ega bo‘ldi.