Kontrakt to‘lovlarini ish beruvchi korxona tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi talabalar kontrakt to‘lovlarining ish beruvchi korxonalar tomonidan amalga oshirilishi tartibini joriy etish to‘g‘risida hujjat tayyorladi.

TOShKENT, 16-iyul – Sputnik. “Talabalar kontrakt to‘lovlarining ish beruvchi korxonalar tomonidan amalga oshirilishi tartibini amaliyotga joriy etish to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Studenti v auditorii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda professional ta’limning yangi tizimi va yangi tarmog‘i yo‘lga qo‘yiladi

Hujjatni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tayyorladi.

Qaror loyihasiga talabalar kontrakt to‘lovlarining ish beruvchi korxonalar tomonidan amalga oshirilishi tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

“Ish beruvchi korxonalar tomonidan talabalar kontrakt to‘lovlarining amalga oshirilishida ayrim toifadagi (chin yetimlar, bolalikdan I va II guruh nogironlari, kam ta’minlangan, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar hamda iqtidorli) fuqarolarga imtiyozlar berilishi tavsiya etilsin”, - deyilgan hujjatda.

Hujjatda talaba, oliy ta’lim muassasasi va korxona (ish beruvchi) o‘rtasida oliy kasbiy ta’limga ega bo‘lgan mutaxassislarni shartnoma asosida maqsadli tayyorlash bo‘yicha Namunaviy shartnoma namunasi keltirilgan.

Shoxrux Shoraxmedov - zamestitel ministra finansov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Ish haqi va pensiyani oshirish uchun qancha qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi - Moliya vaziri o‘rinbosari

Shuningdek, hisobidan oliy ta’lim muassasalari talabasiga to‘lov-kontrakt pullarini to‘lash va oliy ta’lim muassasini bitirgandan keyin korxona bilan mehnat shartnomasini tuzish majburiyati bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma ilova qilingan.  

Shartnomada korxona quyidagi majburiyatlari qayd etilgan:

- joriy o‘quv yili uchun belgilangan o‘qitishning to‘liq qiymatini o‘z vaqtida to‘lash;

- ta’lim olishning to‘lov-kontrakt shakliga qabul qilingan talaba tomonidan taqdim etilgan to‘lov taqdimnomasi bo‘yicha shartnoma asosida zarur summani OTMning hisobvarag‘iga quyidagi muddatlarda o‘tkazish orqali to‘lash:

- OTMning birinchi kursiga qabul qilingan talabalar uchun to‘lash uchun belgilangan summaning kamida 50 foizi – 15-sentabrgacha, ikkinchi va uchinchi kurs talabalari uchun – 1-oktabrgacha, to‘lash uchun belgilangan summaning qoldig‘i – 1-martgacha.

Devushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennix abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda qancha abituriyent o‘qishga hujjat topshirdi?

- eng kam oylik ish haqi miqdori yoki tariflar o‘zgarganda, o‘qishning qolgan muddati uchun bir oy muddat ichida ta’lim muassasasiga haq to‘lash va kontraktga tegishli o‘zgartirishlar kiritish;

- ta’lim yunalishi (mutaxassisligi)ni o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqish, diplom oldi amaliyotini o‘tash va shu davrda talabaga sharoit yaratish;

- oliy ta’lim muassasasini tugatgach haq to‘lanadigan shtat lavozimiga ishga qabul qilish, ish joyi bilan ta’minlash, ishlashga sharoit yaratish va uning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish majburiyatini oladi.

“Shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lay olmasa, Talaba (Xodim)  Korxonaga har bir kechiktirilgan kun uchun kechiktirilgan to‘lov summasining 0,4 foizi miqdorida, biroq kechiktirilgan to‘lov summasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima to‘laydi”, - deyilgan shartnoma matnida.

Yangiliklar lentasi
0