Ish haqi va pensiyani oshirish uchun qancha qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi - Moliya vaziri o‘rinbosari

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovShoxrux Shoraxmedov - zamestitel ministra finansov Uzbekistana
Shoxrux Shoraxmedov - zamestitel ministra finansov Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Moliya vaziri o‘rinbosari Shohruh Shorahmetov ish haqi va pensiyalarni oshirish uchun qancha mablag‘ ajratilishi haqida ma’lumot berdi.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Bugun, 15-iyul Xalqaro press-klubda “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi prezident farmoniga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 1-avgustdan ish haqi, pensiya va stipendiya miqdori oshiriladi

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari Shohruh Shorahmetov oylik va pensiyalar oshirilishi uchun qancha mablag‘ ajratilishi haqida ma’lumot berdi.

Bu haqda yig‘ilishda ishtirok etgan Sputnik muxbiri xabar qildi.

Moliya vaziri o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, har yili oylik miqdorini oshirish bo‘yicha prezident farmoni chiqardi. Ammo bu 12-iyulda chiqqan farmonda davlat tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlarini himoyalash maqsadida qo‘shimcha tadbirlar ko‘zda tutilgan.

“Ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha, misol uchun 2-chi guruh nogironlari yoki boquvchisini yo‘qotgan bollar masalasi, 1-2-chi guruh nogironlar to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak - ular eng qiyin ahvolda deb aytsak bo‘ladi, chunki agar 3-chi guruh nogironlar  ko‘proq ishga qobiliyati bor bo‘lsa, 1-2 chi guruh ularni ishlash masalasi og‘irroq bo‘ladi. Lekin ularning ko‘pchiligi ishlashga harakat qilishadi. Shuning uchun ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan”, - deb ta’kidladi Moliya vaziri o‘rinbosari.

Shorahmedovning so‘zlariga ko‘ra, prezident farmoniga asosan oylik yoki pensiyalar miqdori 10 foizga oshirilmoqda.

“Bu kammi yoki ko‘pmi deydigan bo‘lsak, shuni aytib qo‘yish kerakki, umuman oyliklarni oshirish maqsadida respublikamiz budjetida 56 trillion so‘m mablag‘ ko‘zda tutilgan. Faqatgina hozirgi oylik oshirish uchun 2,2 trillion so‘m ko‘zda tutilgan edi. Budjet parametrlarida aslida oyliklar miqdorini 7 foizga oshirish ko‘zda tutilgan edi, lekin prezidentning tashabbuslari va qarorlari bilan bu miqdor 10 foizga oshirildi”, - deb ta’kidladi Moliya vaziri o‘rinbosari. 

Shu maqsadlarga budjetdan qo‘shimcha mablag‘lar ajratish ko‘zda tutilgan. Yana qo‘shimcha 361 milliard so‘m ajratiladi. Bu pensiyaga ta’siri qilgani uchun pensiya jamg‘armasiga qo‘shimcha mablag‘lar - yil oxirigacha 463 milliard so‘m ajratish ko‘zda tutilgan.     

“Oylik oshirilishi masalasi juda dolzarb masala, o‘ylaymanki, ayniqsa budjet tashkilotlarimizda 2,5 million aholining farovonligi, turmush darajasini oshirilishiga yordam beradi deb o‘ylaymiz”,- deb qo‘shimcha qildi Moliya vazirligi vakili.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 1-avgustdan boshlab budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 10 foizga oshiriladi.

2019 yilning 1-avgustdan boshlab O‘zbekiston hududida eng kam:

- ish haqi – oyiga 223 000  so‘m;

- yoshga doir pensiyalar – 436 150 so‘m;

- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150  so‘m;

- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 so‘m miqdori belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0