TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev jurnalistlar bilan boʻlgan suhbatda mamlakatni bir necha kunga tark etishi mumkinligini maʼlum qildi.
“Balki, bir-ikki kunga biror joyga zarur ishlarim yuzasidan borim kelishim mumkin. Lekin bu uchun muayyan imkoniyatlar va sharoitlar lozim. Umid qilishmasinki, men uchib ketaman va mamlakatini yoʻq qilishda davom etishlariga imkon beraman. Bu mening vatanim”, - deya iqtibos keltiradi Atambayev soʻzlaridan Sputnik Qirgʻiziston.
Sobiq davlat rahbari mamlakatni bir umrga tark etish niyati yoʻqligini qoʻshimcha qilgan. Shuningdek, u imkoni tugʻilsa qayerga borish kelishi mumkinligiga oydinlik kiritmagan.
Avvalroq qirgʻiz OAVlarida Atambayev Yevroosiyo taraqqiyot banki (YEOTB) boshqaruvi raisi Andrey Belyaninovning taklifiga binoan Rossiyaga yoʻl olganligi haqidagi xabarlar paydo boʻlgandi.
Qirgʻiziston parlamenti 20 iyun kuni maxsus komissiya tomonidan tayyorlangan Atambayevga qarshi ayblovlar roʻyxatini prokuraturaga topshirdi. Xulosaga koʻra, Atambayev bir nechta jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda. Agar sud sobiq prezidentni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.
Atambayev Qirgʻiziston IIV bosh tergov boshqarmasi tomonidan jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozodlikka chiqarilishi ishi boʻyicha guvoh sifatida koʻrsatma berish uchun 8 va 10 iyul kunlari soʻroqqa chaqirtirilgan edi.
Biroq sobiq prezident soʻroqqa borishdan bosh tortib, chaqiruv qogʻozini hatto qoʻliga olmasligini aytgan.