TOSHKENT, 16 iyul — Sputnik. Jahon qurol savdosi tahlili markazi direktori Igor Korotchenko Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmualari kamchiliklarini izlayotgan amerikalik ekspertlar tadqiqotlariga oʻz munosabatini bildirdi. RIA Novosti xabariga asosan.
“Amerikaliklarning S-400 kamchiliklarini izlashlari tushunarli. Ular Rossiya muvaffaqiyatiga hasad qilish tufayli yuzaga kelgan. Axir bugungi kunda S-400 Kalashnikov avtomati singari butun dunyoga mashhur boʻlgan brend hisoblanadi. Hattoki NATO aʼzosi boʻlgan Turkiya ham Amerikaning Patriot᾽ni emas, balki Rossiyaning bu majmuasini xarid qilishga qaror qildi. Bu AQShning obroʻsiga putur yetkazmoqda, uni tanqid va masxara mavzusiga aylantirdi”, - dedi Korotenko.
Ekspertning taʼkidlashicha, Stratfor maqolasida taʼriflangan cheklovlar har qanday havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga xosdir.
Igor Korotchenko S-400 majmuasining eksport imkoniyatlari Turkiya va Hindiston bilan boʻlgan shartnomalar bilan cheklanib qolmasligini qayd etdi. Rossiyaning ushbu havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga 10 dan ziyod davlat qiziqish bildirishmoqda va xarid qilishlari mumkin. Bu esa oʻz oʻrnida qurol bozoridagi AQShning obroʻsiga yanada putur yetkazadi.
Iroq ham S-400 sotib olishga qaror qildi
“S-400 Patriot PAC-3ning eng yangi versiyaga qaraganda qator muhim afzalliklarga ega, masalan, tarqatish tezligi, shovqinga chidamlilik, jangovar samaradorlik va nishonni yoʻqotish masofalari kabilardir. Hozirda 10 dan ortiq davlat S-400 xarid qilish uchun ariza berishdi va Rossiya ular bilan aniq muzokaralar oʻtkazmoqda, mana shuning uchun amerikaliklar asabiylashmoqda, - deya taʼkidladi Korotchenko.
AQSH bosimiga qaramasdan Hindiston Rossiyadan S-400 sotib oladi
Rossiya Turkiyaga S-400ning toʻrtta divizionini yetkazib berishi kerak. Ularning qiymati 2,5 milliard dollarga baholanmoqda. S-400 boʻyicha kelishuvning bir qismini Anqaraning oʻzi toʻlaydi, bir qismi Rossiya krediti hisobiga amalga oshiriladi.
Rossiya 12 iyuldan Turkiyaga S-400 qismlarini yetkazib berishni boshladi. Hozirda majmuaning qolgan qismlarini yetkazib berish davom ettirilmoqda.
Turkiyaning Rossiyadan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini xarid qilishi xalqaro janjalni keltirib chiqardi: AQSH Anqaradan bu kelishuvdan voz kechishni va oʻrniga oʻzining Patriot majmualarini xarid qilish talabini qoʻydi.
Ushbu taklif rad etilgan holatda Vashington Anqaraga yangi F-35 qiruvchilari savdosini ushlab turish yoki umuman bu kelishuvdan voz kechish bilan dagʻdagʻa qildi. Ammo Turkiya ortga chekinishdan bosh tortdi. Turkiya prezidenti Erdoʻgʻan S- 400 kelishuvini Turkiya tarixidagi eng muhim kelishuv deb atadi.
Maʼlumot uchun, S-400 "Triumf" — oʻrta va uzoq masofalarga moʻljallangan yangi zenit raketa majmuasi boʻlib, uni kechayu-kunduz, har qanday lanshdaft va kuchli radioelektron taʼsir sharoitlarida ham qoʻllash mumkin.