Olimlar nima uchun odamlar hasharot iste’mol qilishni boshlashlari kerakligini aytishdi

© Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishStaya saranchi unichtojayet rastitelnost
Staya saranchi unichtojayet rastitelnost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Diyetologlarning so‘zlariga ko‘ra, chigirtka, ipak qurti va chumolilarning tanasida ko‘plab antioksidantlar va boshqa foydali moddalar mavjud.

TOShKENT, 15-iyul – Sputnik. Olimlar nima uchun odamlar hasharot iste’mol qilishni boshlashlari kerakligini aytishdi. Bu haqda Italiyaning Frontiers in Nutrition jurnali yozmoqda.

Korobki s konfetami - Sputnik O‘zbekiston
Sog‘lom bo‘lish uchun qancha shokolad iste’mol qilish zarur – mutaxassis tavsiyalari

Diyetologlarning so‘zlariga ko‘ra, chigirtka, ipak qurti va chumolilarning tanasida ko‘plab antioksidantlar va boshqa foydali moddalar mavjud.

Olimlarning tushuntirishlaricha, bu ularni ozuqaviy hamda go‘sht o‘rnini bosa oluvchi qiladi.

“Hamma allaqachon anglab turibdiki, hasharotlar kelajakda biz uchun oqsil, to‘yinmagan yog‘li kislotalar, minerallar, vitaminlar va to‘qimalarning ajoyib manbai bo‘ladi. Shu bilan birga, hech kim ular apelsin sharbati va zaytun moyini, shuningdek, eng muhim antioksidantlarning boshqa manbalari o‘rnini bosa olish yoki olmasligini tekshirib ko‘rmagan”, - deydi Italiyaning Teramo universiteti olimi Mauro Serafini (Mauro Serafini).

“Yerning kamida ikki milliard aholisi muntazam ravishda hasharotlarni iste’mol qiladi. Qolgan olti milliardni bu yomon fikr emas ekanligiga ishontirishimiz kerak. Agar odamlar ularni iste’mol qilish koni foyda ekanligini anglab yetishsa, biz ko‘plab iqlim va ekologik  muammolarni hal qilishimiz uchun biror kishini majburlashimizning hojati qolmaydi”, - deya fikrlarini davom ettiradi olim.

Otkritiy Kubok Omskoy oblasti po bodibildingu - Sputnik O‘zbekiston
Olimlar mushaklarni o‘stirishga yordam beradigan mahsulotni aniqlashdi

U hasharotlar antioksidantlar mavjudligi jihatidan farq qilashini qo‘shimcha qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tarantulalar va chayonlar kabi hasharotlar Tailand va boshqa davlatlarda mashhur bo‘lishiga qaramasdan deyarli antioksidant moddasiga ega emas ekan.

Oddiy chigirtka, chumoli, shuningdek, ipak qurtlari juda foydali ekan. Ular tarkibida apelsin sharbati va zaytun moyiga qaraganda ikki barobar ko‘proq antioksidant moddalari borligi aniqlangan.

Olimlar bu hali amalda sinalmaganini qayd etib, yaqin kelajakda ko‘ngillilar ishtirok o‘tkaziladigan tadqiqotlar qator savollarning yechimiga yordam berishiga ishonch bildirishgan.

Yangiliklar lentasi
0